So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Sergey Lushan: "Kerakli natijani qayd etganimizdan xursandman" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Kerakli natijani qayd etganimizdan xursandman"

"Bunyodkor" - "Al Jazira" o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.

"Bunyodkor" stadioni matbuot anjumanlari zaliga "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan va jamoa etakchisi Sardor Rashidov OAV xodimlari bilan muloqot qilish uchun tashrif buyurishdi.

"Bizda inoq jamoa jamlangan. Bugun shogirdlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi va oldimizda turgan vazifani uddaladik. Bundan xursandmiz. Kamchiliklarimiz etarlicha topiladi va endilikda ushbu kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz", - deya o'z so'zini boshladi Sergey Lushan.


- Samir Bekrichni zaxirada qoldirganingiz nima bilan bog'liq? Bu o'ziga xos "syurpriz" edimi raqib uchun?

- Bundan to'rt kun avval Samir shamollab qolgandi. SHu bois bugun Bekrich asosiy tarkibga kiritilmadi. Umuman olganda, jamoamizda katta raqobat mavjud.


- Siz qaysi poziciyasida o'zingizni yaxshi his qilasiz?

Sardor Rashidov: - Ko'proq hujum chizig'i va o'ng qanotda o'zimni engil his qilaman. Murabbiy qaerda qo'ysa o'sha erda o'z vazifamni bajarishga harakat qilaman.

- Sardor, sizga ko'plab jamoalardan bir qator takliflar tushmoqda. Kelajakda qanday yo'l tutmoqchisiz? "Bunyodkor"da qolasizmi?

Sardor Rashidov: - O'zimni niyatim jamoada qolib "Bunyodkor"ga yordam berish. Hozir boshqa takliflar haqida o'ylayotganim yo'q.

Sergey Lushan: - Sardor bilan 2 yillik shartnomamiz mavjud. Agarda uni sotib olmoqchi bo'lgan jamoalar rasman taklif bilan chiqishlari shart. SHunchaki gap-so'zlar hech narsani hal etmaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика