Sergeev SHirshov hamda Aliqulovga etib oldi, SHomurodov esa Bikmaev bilan tenglashdi
25 sen 2022 10:00
Yangiliklar
Sergeev SHirshov hamda Aliqulovga etib oldi, SHomurodov esa Bikmaev bilan tenglashdi
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor SHomurodov milliy termadagi 58-o'yinida maydonga tushdi va bu borada Marat Bikmaevga etib oldi. SHomurodov hisobida 31 ta gol borligini eslatib o'tish joiz.
Eldorning o'rniga zaxiradan bahsga qo'shilgan Igor Sergeev esa milliy jamoa safida 63-o'yinida qatnashdi. 29 yoshli hujumchi hisobida esa 17 ta gol bor. U terma gvardiyachilari ro'yxatida Asror Aliqulov, Nikolay SHirshov (63 tadan o'yin)ga etib oldi. Ulardan oldinda esa Andrey Fyodorov (64 ta) bor.
O'zbekiston MTJ tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi esa Server Jeparov (25 gol) hisoblanadi – 128 ta. Undan keyingi o'rinlardan Timur Kapadze (118 ta, 10 gol) hamda Odil Ahmedov (107 ta, 21 gol) joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec shogirdlari 27 sentyabrda Suvondagi Jahon kubogi stadionida Kosta-Rikaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar