Serbiya murabbiyi: "Endi Braziliyani yutishimiz kerak"
23 iyu 2018 02:24
Yangiliklar
Serbiya murabbiyi: "Endi Braziliyani yutishimiz kerak"
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstaich JCH-2018 doirasida SHveycariyadan uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin fikrlarini bildirdi.
"Biz birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, gol urishga haqli bo'ldik. Javob golidan so'ng teng o'yin bo'ldi. Himoyaviy yarim himoyachi o'rniga hujumkor yarim himoyachini tushirdik. Afsuski, 90-daqiqada gol o'tkazib yubordik.
Birinchi kundanoq Braziliya guruhimizda ham, umuman musobaqada ham favorit ekanligini tushungan edik. Endi biz mana shu jamoani mag'lub etishimiz kerak. Kuchimiz etgancha hammasini qilamiz, imkoni yo'q narsa yo'q. Ularning ojiz joyini topishga va undan foydalanishga harakat qilamiz", - deya Krstaichning so'zlarini keltirdi FIFA rasmiy sayti.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar