Serbiya chempionatida murabbiy o'yin paytida vafot etdi
04 noy 08:08
Yangiliklar
Serbiya chempionatida murabbiy o'yin paytida vafot etdi
"Radnichki-1923" klubi bosh murabbiyi Mladen Jijovich "Mladost" jamoasiga qarshi safar o'yini paytida o'zini yomon his qilgan.
"Tek Saha" portalining xabar berishicha, Jijovichga o'yinning 22-daqiqasida yomon ahvolga tushgan. U shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko'z yumgan. Uchrashuv "Radnichki-1923" jamoasi foydasiga 2:0 hisobida to'xtatilgan.
44 yoshli murabbiy Mladen Jijovich 2025 yilda "Radnichki 1923" jamoasini boshqaruvini qo'lga olgan edi. U avvalgi faoliyati davomida u Bosniyaning "Zrinski" va "Sloboda", shuningdek, Albaniyaning "Shkupi" klublarida ishlagan. Futbolchilik davrida esa "Zrinski", "Borac" va "Radnik" jamoalari safida to'p tepgan hamda ikki marta Bosniya va Gercegovina kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Jijovich Bosniya terma jamoasi safida ikki uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar