So’nggi yangiliklar

19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  8 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  4 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1

OCHL. "Sepaxon" OKMKni to'qqizta gol bilan "savaladi". Qosimov uchun "Ozodiy" qo'rqinchili tushga aylandi Yangiliklar

OCHL. "Sepaxon" OKMKni to'qqizta gol bilan "savaladi". Qosimov uchun "Ozodiy" qo'rqinchili tushga aylandi

Teglar :  "Sepaxon"OKMK
"Sepaxon" hamda OKMK o'rtasida o'tkaziladigan OCHL guruh bosqichining 4-tur o'yini boshlanish arafasida

Sepahan

Farshad Ahmadzadeh - 8', Reza Asadi - 59', Mohammadjavad Hosseinnejad - 60', Mohammad Ghorbani - 62', Ramin Rezaeian - 71', Issa Alekasir - 79', Shahriar Moghanlou - 82', Issa Alekasir - 87', Mohammadjavad Hosseinnejad - 90'

AFC Champions League Grp. C . 4-tur

06/11/2023, 23:00

0
:
9
Tugadi

AGMK

45'
90'
8'  Farshad Ahmadzadeh
59'  Reza Asadi
59'  Ehsan Pahlavan
60'  Mohammadjavad Hosseinnejad
60'  Farshad Ahmadzadeh
62'  Mohammad Ghorbani
62'  Reza Asadi
70'  Reza Asadi (Issa Alekasir)
70'  Mohammad Karimi (Bryan Dabo)
70'  Milad Zakipour (Aria Yousefi)
71'  Ramin Rezaeian
79'  Issa Alekasir
81'  Farshad Ahmadzadeh (Shahriar Moghanlou)
81'  Ehsan Pahlavan (Arshia Sarshogh)
82'  Shahriar Moghanlou
82'  Issa Alekasir
87'  Issa Alekasir
87'  Mohammadjavad Hosseinnejad
90'  Mohammadjavad Hosseinnejad
90'  Aria Yousefi
37'  Bakhtiyorjon Kasymov
46'  Sanzhar Tursunov (Oybek Rustamov)
66'  Akramjon Komilov
72'  Martin Boakye (Asilbek Umirzakov)
72'  Khurshid Giyosov (Vitali Denisov)
86'  Mirjamol Kasimov (Murat Ermatov)
88'  Mukhammadanas Khasanov (Sirozhiddin Bashriddinov)

OCHL. Guruh bosqichi 4-tur

"Sepaxon" - OKMK 9:0  

Tehron. "Ozodi" stadioni. 

Hakamlar: Kim Jon Xyok, Park Kunyong, Jang Jongpil, CHae Sangyop (barchasi Janubiy Koreya)

VAR: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)

AVAR 1: Kim Dae Yong (Janubiy Koreya)

Gol: Farshad Ahmadzoda (Milad Zakipur) 9, Rizo Asadi 59 2:0, Javad Hussaynjad 60 3:0, Muhammad Gorbani 62, 4:0, Ramin Rizoyan 70, 5:0, Isa Alkasir (penalti) 78 6:0, SHahriyor Moganlo 80 7:0, Isa Alkasir 87, 8:0, Javad Hussaynjad 90+4, 9:0

"Sepaxon": 1.Payam Niyozmand, 2.Hadi Muhammadi, 5.Rizo Asadi ( 7.Isa Alkasir, 70) 8.Said Karimi (6.Brayan Dabo,70), 9.Ramin Rizoian, 10.Farshad Ahmadzoda, 18.Milad Zokirpur ( 14.Arya Yusufi,70), 58.Muhammad Daneshgar, 66.Muhammad Gorbani, 86.Javad Hussaynjad, 90.Ehson Pahlavon.

Zaxira: 22.Muhammadsodiq Salohi, 44.Nima Mirzazad, 70.SHahriyor Moganlo, 77.Ali Ahmadi, 80.Arshia Sarshog, 91.Nilson Barboza.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 2.Akram Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (24.Murat Ermatov, 84), 7.Dilshod Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov (29. Vitaliy Denisov, 72), 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov,46), 18.Qosimov, 19.Muhammadanas Hasanov (38.Sirojiddin Bashriddinov,88) 23.Iskandar Bo'sinov, 27.Martin Boake (39.Asilbek Umirzoqov,72)

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov,  20.Islom To'xtaxo'jaev, 25.Valijon Rahimov, ,  88.Siavash Haqnazari.

Ogohlantirish: Baxtiyor Qosimov (OKMK) 37

CHetlatish: Akrom Komilov (OKMK) 66

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. Barchaga xayrli tun. 

90+4. GOL. Bu "Sepaxon" degani golga to'yadimi yoki yo'q? To'qqizinchi golni ko'rdik. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. Sakkizta gol uchun 5 daqiqa kam emasmi?

87. GOL. Isa Alkasir sakkizinchi golni urdi. "Humo"da hokkey ko'ryapmizmi yoki "Ozodiy" stadionida futbol. "Sepaxon" yana nechta urar ekan? 

80. GOL. OKMK bu ketishda o'zbek klublarining OCHLdagi eng yirik mag'lubiyatini qayd etadi. Albatta bu borada yana statistikani ko'rib chiqamiz. 70-raqamdagi SHahriyor Moganlo esa  hisobni 7:0 ko'rinishiga keltirdi.

78. GOL. Isa Alkasir o'zi ishlagan penaltini o'zi amalga oshirdi. 

78. PENALTI. Bugun barchasini ko'ramiz. Gollar shousi, qizil kartochka, sariq kartochka, mana endi penalti.

72. O'ZGARISH. OKMK, Martin Boake o'rniga Asilbek Umrzoqov, Xurshid G'iyosov o'rniga Vitaliy Denisov tushdi. 

70. O'ZGARISH. "Sepaxon", Rizo Asadi o'rniga Issa Alkasir, Muhammad Karimi o'rniga Brayan Dabo, Milad Zakipur o'rniga Arya Yusufi tushdi.

70. GOL. Qosimov uchun "Ozodiy" stadioni qo'rqinchili tush bo'lib tarixda qoladigan bo'ldi. Ramin Rizoyan darvozabon qaytargan to'pni bo'sh darvozaga xotirjam yo'llab qo'ya qoldi. 

66. CHETLATISH. Koreyalik hakam Akrom Komilovga kiyinish xonasini ko'rsatib yubordi. OKMK futbolchisi maydondan chetlatildi.

62. GOL. Xotirjam uxlayvering. Biz matnli translyaciyani davom ettiraveramiz. "Sepaxon" gol urishda davom etaveradi. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Gorbani to'rtinchi golni urdi, 4:0

60. GOL. Nimalar bo'lyapti ochig'i shokdaman. "Sepaxon" uchinchi golni urdi. Javad Hussaynjad aniq va chiroyli zarba ijro etdi.

59. GOL. Nima ham deymiz baribir "Sepaxon" ikkinchi golni urishi kerak ekan. Yuqorilatib uzatib berilgan to'pni Rizo Asadi boshi bilan darvozaga yo'lladi, 2:0

55. Bosh hakam golni inobatga olmadi. Rizo Asadi o'yindan tashqari holatda qolgandi. SHunday bo'lsada bir zum ham ehtiyotkorlikni yo'qotmaslik kerak. 

54. GOL. "Sepaxon" baribir ikkinchi golni urdi. OKMK jarima maydonchasidagi tartibsizlikdan so'ng dastlab Rizo Asadi zarba yo'llab ko'rdi. Qaytgan to'pni uning o'zi darvozaga yo'lladi. 

46. O'ZGARISH. OKMK, Sanjar Tursunov o'rniga Oybek Rustamov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

37. OGOHLANTIRISH. OKMK, Baxtiyor Qosimov

35. OKMK jamoasi qarshi hujum uyushtirdi. Hasanov tezkorlik bilan kirib borib to'pni jarima maydonchasiga uzatdi. Boake bu vaziyatga ulgurmadi. 

32. ZARBA.  Javad Hussaynjad juda xotirjam kirib borib zarba yo'lladi. Zarba noaniq. 

28. Botirali Ergashevga tibbiy yordam ko'rsatildi. Barchasi joyida. 

22. Malumot uchun, Mirjalol Qosimov 11 yildan so'ng murabbiy sifatida "Ozodi" stadioniga keldi. O'shanda Bakaevning mashhur goli O'zbekistonga g'alaba keltirgandi. 

21. OKMK pozicon hujumlarni boshlayapti. Ammo "Sepaxon" himoyachilari ham osonlikcha imkoniyat bermayapti. 

18. Uchrashuvda temp biroz pasaydi. 

15. Ahmadzoda yana bir bor OKMK himoyasiga yorib kirib ko'rdi. Bu safar u to'siqqa uchradi. 

12. Gol bekor qilindi. To'p Javad Hussaynjadning qo'liga tekkanini hakamlar ham tasdiqladi. 

10. GOL. "Sepaxon" birinchi golni hazm qilib ulgurmagan OKMKga ikkinchi golni urdi. VAR vaziyatni ko'rmoqda. To'p raqib futbolchisining qo'liga tekkani ko'rinmoqda. 

9. GOL. "Sepaxon" uchrashuvda hisobni ochdi. Milad Zakipurning autdan etkazib bergan to'pini Farshad Ahmadzoda jarima maydonchasi ichida aniq zarba bilan golga aylantirdi.

7. OKMK yaxshi hujum tashkil qilgandi. Lekin samarasiz yakunlandi. 

5. ZARBA. Rizo Asadining kuchsiz zarbasini Botirali Ergashev ushlab oldi. Bu unga ortiqcha muammo tug'dirmadi. 

Uchrashuv boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: -101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика