"Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvi yozib olingan holda namoyish etiladi
15 mar 2016 10:27
Yangiliklar


"Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvi yozib olingan holda namoyish etiladi
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslariga start beriladi. Toshkentning "Lokomotiv" klubi safarda Eronning "Sepaxon" jamoasi mehmoni bo'ladi.
Isfahon shahrida kechadigan bahs mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30)da start oladi. Mazkur uchrashuv "Sport" TV orqali soat 20:55dan boshlanb yozib olingan holda namoyish etiladi.
Bunga sabab shuki, bugun soat 17:00da "Paxtakor" Toshkentda o'z o'yinini o'tkazadi va uchrashuv to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. SHunday ekan, "Lokomotiv" o'yinini kutayotgan muxlislar 20:55dan boshlab OCHL bahsini "Sport" TVda ko'rishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar