

Isfahon shahrida kechadigan bahs mahalliy vaqt bilan 16:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30)da start oladi. Mazkur uchrashuv "Sport" TV orqali soat 20:55dan boshlanb yozib olingan holda namoyish etiladi.
Bunga sabab shuki, bugun soat 17:00da "Paxtakor" Toshkentda o'z o'yinini o'tkazadi va uchrashuv to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. Shunday ekan, "Lokomotiv" o'yinini kutayotgan muxlislar 20:55dan boshlab OCHL bahsini "Sport" TVda ko'rishlari mumkin.



