So’nggi yangiliklar

02:04АПЛ. "Челси" меҳмонда камбэк қайд этди!  6 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Атлетик"ни мағлуб этиб 4-ўринга мустаҳкам жойлашди  0 02:00Лига 1. ПСЖ ва "Гавр" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  1 00:57"Брайтон"да ижара асосида ўйнаётган Ансу Фатининг мақсадлари қандай?  1 00:21"Барса" 30 ёшли жаҳон чемпионининг трансфери устида ишламоқда  4 23:32Бундеслига. "Байер" 90+6-дақиқада гол уриб яна, мағлубиятдан қутулиб қолди!  10 22:55А Серия. Туриндаги "Ювентус" — "Милан" ўйини якунланди  5 22:23Рамос "Интер Майами"га йўл олиши мумкин  2 21:55"Челси" тўпурари сафга қайтди  0 21:40БАА чемпионати. Абдуллаев четлатилган ўйинда "Хорфаккан" меҳмонда "Ажман" билан ўйинда иродали дуранг қайд этди  3 21:00АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз уйида 19-ўриндаги жамоани юта олмади  16 20:37Ямалга 200 млн евродан ошиқ беришга тайёр клуб топилди  7 20:07Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Коньяспор"га қарши ўйиннинг сўнггида ғалабани илиб кетди, Турғунбоев эса...  0 20:02Александр Стоймирович: "Барчаси биз ўйлагандек бўлмади"  0 19:51Клопп журналистнинг Салоҳ билан боғлиқ вазият ҳақидаги саволига жавоб берди  11

Sensacion "Qo'qon-1912" va pastlab uchgan "qaldirg'ochlar" Yangiliklar

Sensacion "Qo'qon-1912" va pastlab uchgan "qaldirg'ochlar"

Oliy liganing birinchi davrasiga atalga maqolalarni berishda davom etamiz.

Oliy liganing birinchi davrasida “Qo'qon-1912” va “Olmaliq” klublari juda ijobiy natija qayd etishdi. “Obod”, “Neftchi” va “Bunyodkor” klublari esa salbiy natijalar girdobiga tushib qolishdi. Biz ushbu klublarga batafsil to'xtalib o'tishga qaror qildik.



"Qo'qon-1912"

No'mon Hasanov boshchiligidagi qo'qonliklar dastlabki davraning haqiqiy kashfiyotiga aylanishdi. Vodiy klubi o'tgan mavsum yozgi tanaffusga 9 ochko bilan chiqib ketgan edi. Yani 3ta g'alaba va 12ta mag'lubiyat bilan! 2016 yilgi mavsumda "Qo'qon-1912" 30ta o'yinda 29 ochko to'plagan va mavsumni 12-o'rinda tugatgan edi. Etiborlisi qo'qonliklar bu yil 15ta o'yindayoq 27 ochko to'plab bo'lishdi. Jamoa bu yilgi mavsumni o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat bilan boshladi - 1:2. Ko'pchilik xuddi o'tgan yilgidek qo'qonliklar pastki pog'onalarda yurishini taxmin qila boshladi. Biroq Hasanov boshchiligidagi jamoani o'sha o'yindan keyin to'xtatib qolishning imkoni bo'lgani yo'q. Sababi ilk turdagi mag'lubiyatdan so'ng "Qo'qon-1912" qatorasiga 11ta o'yinda hech qaysi raqibga yutqazgani yo'q! Safarda "Neftchi", o'z maydonida "Metallurg", "Qizilqum" va "Buxoro" kabi klublar mag'lub etildi. "Paxtakor" va amaldagi chempion "Lokomotiv" bilan bir xil 1:1 hisoblari qayd etildi.

"Qo'qon-1912" dastlabki davrada faqatgina bitta bahsda ("Olmaliq" bilan) gol ura olmadi. Qolgan 14ta o'yinning barchasida qo'qonliklar hech bo'lmasa bitta to'p kirita olishdi. Boshqa hech bir klub bunday natija bilan maqtana olmaydi.

Jamoaning g'alabalarida legioner hujumchi Filip Rayevacning xizmatlari juda katta bo'ldi. Futbolchi dastlabki turlarda ketma-ket to'rtta bahsda maydonni golsiz tark etmadi. Rayevac birinchi davrada raqiblar darvozasini jami olti marta ishg'ol qilishga erishdi. Hujumkor yarim himoyachi Suhrob Berdiev ham 6ta gol urdi. "Metallurg" bilan bahsda Berdiev 3ta to'p kiritib xet-trikka erishgandi. Dastlabki davrada faqat ikki futbolchigina xet-trik rasmiylashtirdi. Ulardan biri aynan Berdiev bo'ldi. "Paxtakor"dan ijraga olingan Javohir Sidiqovga ortiqcha tarif berishning xojati ham bo'lmasa kerak. Mahalliy muxlislar uning chiroyli harakatlari tufayli Sidiqovga "qo'qonlik Messi" deb nom qo'yishdi. Ikkinchi davrani Javohir qaysi klubda boshlashi hozircha malum emas. SHunisi aniqki agar "Paxtakor" yarim himoyachini qaytarib olsa "Qo'qon-1912" uchun kattagina yo'qotish bo'ladi.

Birinchi davrada 3 nafar futbolchi barcha 15ta o'yinda maydonga tushdi. Eng ko'p o'ynagan futbolchi himoyachi Murod Xolmuhammedov bo'ldi. Yil boshida jamoaga kelgan himoyachi 3 marta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Yuqorida Rayevac haqida to'xtalib o'tdik. Bu hujumchi ham 15ta o'yinda ishtirok etdi. Barcha o'yinlarda qatnashgan yana bir o'yinchi yarim himoyachi Bahodir Akramov bo'ldi.

"Qo'qon-1912" dastlabki davrada anchagina tartibli o'yin ko'rsatganini ham takidlash lozim. No'mon Hasanov shogirdlariga 24ta sariq kartochka ko'rsatildi. Hakamlar qo'qonlik futbolchilarga umuman qizil kartochka ko'rsatishgani yo'q. 



“Olmaliq”

Rossiyalik taniqli murabbiy Viktor Kumikov bu yildan yana oliy ligamizda ish boshladi. "Mashal" va "Nasaf"dagi faoliyati orqali muxlislarimizga tanish bo'lgan Kumikov Igor SHkvirining o'rniga "Olmaliq" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Toshkent viloyati klubi mavsumni qoniqarsiz boshladi. Ilk turda Buxorodagi mag'lubiyatdan so'ng o'z maydonida "Bunyodkor" bilan nursiz durang, keyin Jizzaxda imkoniyat boy berilishi, nihoyat amaldagi chempion "Lokomotiv"dan qabul qilib olingan 0:5 ko'rinishidagi "shapaloq" jamoaga juda qattiq tasir qildi. Sababi shundan so'ng "Olmaliq" birinchi davradagi hech bir bahsda imkoniyatni boy bergani yo'q! CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" taslim qilindi, Farg'onada "Neftchi" bilan durang o'ynaldi, "Paxtakor" chiroyli tarzda mag'lub etildi (2:0). Dastlabki to'rtta turdan so'ng raqiblar Xurshid Xodjaev qo'riqlagan darvozaga atiga 2ta gol ura olishdi xolos! Yana bir ajoyib fakt shundan iboratki "Olmaliq" dastlabki davrada o'z maydonida o'tgan 7ta o'yinning hech biri gol o'tkazib yuborgani yo'q! 4ta g'alaba va 3ta durang qayd etgan "konchilar" davrani o'z muxlislari qarshisida mag'lubiyatsiz o'tkazishgani ham tahsinga sazovordir.

"Olmaliq" birinchi davrada jami 24 ochko jamg'ara oldi. O'tgan yil jamoa 30ta o'yindan so'ng 26 ochko to'plagan edi. Agar bitta o'yinda g'alaba qozonganida klub o'tgan mavsumdagi ochkolarni birinchi davradayoq yig'ib qo'ygan bo'lar edi.

Ushbu g'alabalarda darvozabon Xurshid Xodjaevning xizmatlari juda katta bo'lganini yuqorida yozib o'tdik. Posbon dastlabki davrani ajoyib tarzda o'tkaza oldi. 11ta uchrashuvda maydonga tushgan Xodjaev 990 daqiqa davomida ikki martagina gol o'tkazib yuborgani tahsinga sazovor natija. Ulardan biri penaltidan urilganini ham eslatib o'tish joyiz. Dastlabki davrada eng ko'p "quruq o'yin" o'tkazgan darvozabon aynan Xurshid bo'ldi - 9ta.

Himoyachi Vladislav Kasminin birinchi davrada ham o'zidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Bo'ydor himoyachi jamoa ko'plab o'yinlarda gol o'tkazmasligida "bosh aybdor"lardan biri bo'ldi. Bundan tashqari u "So'g'diyona" hamda "Obod" bilan bahslarda o'z hisobiga gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Ikki nafar futbolchi "Olmaliq" safida barcha 15ta o'yinda maydonga tushishga erishdi. Bular Rahmatullo Berdimurodov, Abduqahhor Xojiakbarov va hujumchi Kamoliddin Murzoev.



“Obod”

O'tgan mavsum oliy ligaga chiqib unda jon saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan "Obod"dan ikkinchi yilda ko'pchilik yanada yaxshiroq natija kuta boshlagani hech kimga sir emas. Biroq jamoa homiysi bilan bog'liq muammolar tufayli "Obod"ning natijalari qoniqarsiz bo'ldi. Xatto hozir klub ikkinchi davrada oliy ligada ishtirok etishi ham so'roq ostida turibdi.

"Obod" birinchi davrada faqat ikkita o'yinda g'olib chiqdi xolos. Buxoroda sensacion tarzda "Buxoro" taslim etildi va Toshkentda "Dinamo" 3:1 hisobida mag'lub etildi. Jamoa 10ta o'yinda raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Rauf Inileev boshchiligidagi klub 15ta o'yinda o'z darvozasidan 30ta to'p olib chiqdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 2tadan gol to'g'ri keladi deganidir. Boshqa hech bir klub bunchalik ko'p gol o'tkazmadi. Eng kam gol urgan jamoa ham aynan "Obod" bo'ldi - 10ta.

Dastlabki davrada eng uzun golsiz seriya qayd etdi. "Obod" ketma-ket 4ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga gol ura olmadi.

8-turda "Obod" "Lokomotiv" mehmoni bo'lib 0:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu birinchi davraning eng yirik hisobi bo'ldi.



“Neftchi”

O'zbekistonning besh karra chempioni "Neftchi" klubi uchun ham mavsum juda omadsiz boshlandi. Farg'ona jamoasi ham xuddi "Obod" sinagri 2ta uchrashuvda g'alaba qozondi xolos. Jizzaxda "So'g'diyona" va Farg'onada "Obod" taslim qilindi. Qolgan hech bir o'yinda jamoa g'alaba nashidasini surmadi. Natijada rahbariyat Andrey Fyodorovni ishdan bo'shatishga qaror qildi. Uning o'rniga Vadim Abramov tayinlandi.

Bir necha yil oldin jamoalar Farg'onadan ochko olishni ham uddasidan chiqa olishmasdi. Bu yil esa "Neftchi" o'z maydonida atiga 5 ochko to'pladi. Salbiy natijalar jamoa muxlislari tashrifiga ham tasir qilmay qolmadi.

"Neftchi"ning uy o'yiniga eng ko'p muxlis "Paxtakor" bilan bahsda keldi - 8117. "Metallurg" va "Obod" bilan uchrashuvlarga esa Farg'onadagi stadionga 800ga yaqin odam kelgani achinarli xolatdir.

O'tgan yil Farg'ona klubi yozgi tatilga 21 ochko bilan (9-o'rin) chiqib ketgan edi. Bu yil esa 15ta o'yindan keyin 11 ochko jamg'arildi (15-o'rin) xolos.

Farg'onalik muxlislar ikkinchi davrada Abramov jamoani o'ziga xos bo'lmagan o'rindan yuqoriroqqa olib chiqishini kutishlari turgan gap.



“Bunyodkor”

"Bunyodkor" birinchi davrada juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. 15ta o'yinda 21 ochko jamg'arib klub tarixida bo'lmagan natijani qayd etdi. Doim yuqori o'rinlarda borib chempionlik uchun kurashib kelgan "qaldirg'ochlar" birinchi davrada ko'plab o'yinlarda ochko yo'qotishdi.  

"Bunyodkor" "Obod"ni yuta olmadi, o'z maydonida "Qizilqum"ga yutqazdi, "Dinamo" bilan ochko bo'lishib oldi. Muborakda, G'uzor va Buxoroda imkoniyat boy berildi.

Jamoa legionerlar tanlashda qattiq yanglishdi. Aslida yarim himoyachi bo'lgan Dushan Michich himoyada o'zidan yaxshi taassurot qoldira olmadi. O'tgan yil "Buxoro"da ko'plab gollar urgan Vadim CHemirtan esa "Bunyodkor"ga o'ttiyu gol urishni esidan chiqarib qo'ydi.

2016 yilgi mavsumda birinchi davrada 11ta g'alaba 4ta durang o'ynab umuman mag'lubiyatga uchramagan edi. Bu yil esa 10ta o'yinda g'alaba nimaligini bilmadi.

Ikkinchi davrada Mirjalol Qosimov boshchiligida jamoa yuqori o'rinlarga harakat qilishi aniq. Barchasini vaqt ko'rsatib beradi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика