So’nggi yangiliklar

"Sen Pro liga futbolchisi emassan, degan gaplar bo'ldi. Men uchun "Lokomotiv" Superligaga qaytishi kerak, tamom" - Marat Bikmaev Yangiliklar

"Sen Pro liga futbolchisi emassan, degan gaplar bo'ldi. Men uchun "Lokomotiv" Superligaga qaytishi kerak, tamom" - Marat Bikmaev

"Lokomotiv" o'z tarkibiga sobiq futbolchisi Marat Bikmaevni qo'shib oldi.

Hujumchi "temiryo'lchilar"ning bugundan boshlangan yig'iniga qo'shildi. Mashg'ulotlardan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Lokomotiv" men uchun begona emas. Avval bu jamoa bilan ko'p yutuqlarga erishganman. Kollektiv yaxshi qarshi oldi. Barchasi yoqimli. O'zimni yaxshi his qilyapman. 

"Dinamo" bilan shartnomam yakunlangandi. Ikkinchidan Vadim Abramov bilan o'zaro til topisha olmadik. Uning o'z qarashlari, mening o'z qarashlarim bor. Yaxshisi do'stona xayrlashdik. Samarqandda sharoitlar ham, futbol ham joyiga tushadi, degan umiddaman. CHunki "Dinamo"da muxlislar futbolni yaxshi ko'rishadi.

Men uchun muhimi "Lokomotiv" Superligaga qaytishi kerak, tamom. Bunday jamoaning o'rni Pro ligada emas. Sen Pro liga futbolchisiga kirmaysan, deganlar bo'ldi. Bunday gaplar qiziqtirmaydi. Birinchi o'rinda jamoa manfaati",- deydi Marat Bikmaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика