Semak Iordaniyaga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?
09 fev 2021 22:40
Yangiliklar


Semak Iordaniyaga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?
"Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak Iordaniya termasiga qarshi o'yindan keyin hujumchi Artyom Dzyubaning goli haqida gapirdi.
"Goldagi epizodni shunchaki ajoyib deb tariflash mumkin. U asta-sekinlik bilan jismoniy holatini yaxshilab bormoqda. Dastlabki o'yinda kamroq o'ynagandi. Bugun esa ko'proq, uchinchisida ham tabiiyki, imkoniyat ko'proq beriladi.
Ikki xil taym bo'lgani normal holat. Ikki xil tarkibimiz bor, shu bois yoshlarga ham imkoniyat berish kerak. O'z navbatida bizda rivojlanish uchun maxsus reja tuzilgan. Bu esa eng asosiysi.
Haftalik ciklni inobatga olsak sparring uchun yaxshi raqib bo'ldi. Ushbu o'yin uchun qilingan ishlardan keyin bizga og'ir bo'ldi. Harakatlanishda ko'plab muammolar chiqdi. Biroq bu tushunarli va kutilgan holat", - dedi Semak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar