"Seltik"ni Xenrik Larsson yoki Moyes boshqarishi mumkin
22 may 2014 21:10
Yangiliklar
"Seltik"ni Xenrik Larsson yoki Moyes boshqarishi mumkin
MYU sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes va "Falkenberg" ustozi Xenrik Larsson "Seltik" jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod.
Bugun "Seltik" jamoasi bosh murabbiyi Nil Lennon jamoadan ketishini elon qildi.
80-yillarda "Seltik" safida to'p surgan Moyes aprel oyida MYUdan bo'shatilganidan beri ishsiz yuribdi.
Larsson esa vaqtida jamoa tarkibida 315 ta o'yin o'tkazib, 242 ta gol muallifi bo'lishga ulgurgan. U murabbiylik faoliyatini 2009-yilda boshlagan.
Fikrlar