"Selta"ga qarshi o'yin oldidan "Real" tarkibidagi muammolar malum qilindi
16 okt 21:43
Yangiliklar
"Selta"ga qarshi o'yin oldidan "Real" tarkibidagi muammolar malum qilindi
"Real" bugun ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi.
"Marca" malumotiga ko'ra, Kilian Mbappe va Vinisius Junior jamoaning ertalabki va tushdan keyingi mashg'ulotlarida ishtirok etgan. Ikkinchi mashg'ulotda termadan qaytgan futbolchilar - Orelen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Arda Gyuler umumiy guruhda shug'ullangan bo'lsa, Antonio Ryudiger hamda Luka Modrich trenajyor zalida bo'lgan.
Terma ixtiyorida bo'lgan Vinisius hamda Mbappening tiklanishi yaxshi ketmoqda va o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. SHuningdek, Eder Militao jarohatidan forig' bo'lgan va "Selta"ga qarshi o'yinga shay holatda.
"Atletiko" bilan o'yinda jarohat olgan Tibo Kurtuaning qaydnomada bo'lishi ehtimoli ham bor.
Fikrlar