Selekciya qanday olib boriladi?
11 dek 2014 10:00
Yangiliklar

Selekciya qanday olib boriladi?
Mavsumdan oldin o'tkaziladigan yig'inlarda jamoalarimizning selekciya xizmati yangi futbolchilarni qidirayotgani haqida malumot berib qolishadi.
Ishqibozlar esa selekciya xizmatining vazifasi aynan nimalardan iborat ekanligi haqida ko'proq malumotga ega bo'lishni istashlari tabiiy hol. Futbolchini jamoaga jalb etishda qanday yo'llar borligi va boshqa jihatlar to'g'risida malumot berib o'tishni lozim topdik.
O'yinchi chaqirishda 2 yo'l mavjud. Birinchisi futbolchini sotib olish yoki boshqa jamoadan taklif qilish. Bizda aynan ushbu holat selekciya vazifasi bilan nomlanadi. Aslini olganda, bu selekciya emas, balki qandaydir takliflar yuzasidan qaror qabul qilish xolos. Ikkinchi yo'l esa futbolchini tarbiyalashdir. Oxirgi paytlarda bunga etarlicha etibor beradigan klublarning paydo bo'layotgani bizning yutug'imizdir. Futbolchini tarbiyalashga doir tizimga va o'yinchilarni boshqa klublardan taklif etishga oid vaziyatga sport direktori javob beradi. Selekciya xizmati aynan uning qo'l ostida shakllanadi.
Futbolchini sotib olish vaqt va kamroq ish hajmi sarflanishiga olib keladi. Yani, qaysidir bolakayni katta futbolga kirib kelishigacha bo'lgan davr 10 yilni o'z ichiga oladi. Futbolchini esa bir necha kun ichida xarid qilish mumkin. Lekin o'yinchi tarbiyalashda pul faqat bir shaxsga emas, balki butun jamoaga sarflanadi. Natijada jamoaga mos tushganlar mablag'ni tejashga imkon beradi, qolganlarini sotib yuborish orqali yaxshigina pulga ishlab olish mumkin. Buni xuddi uy sharoitida sabzavotlar etishtirishga qiyoslasa bo'ladi. Istasangiz bozorga borishingiz yoki yil davomida uni o'zingiz o'stirishingiz mumkin.
Jahondagi eng etakchi jamoalar ham futbolchi tarbiyalashga etibor qaratishadi. Biror poziciyani kuchaytirishda dastlab ichki imkoniyatlar hisobga olinadi. Agar yoshlar tizimida o'sha joyga mos futbolchi bo'lsa, unda chetdan o'yinchi taklif qilishga zarurat yo'q. Biroq qaysidir poziciyani darhol kuchaytirish talab qilinganda transferga ehtiyoj tug'iladi. Bizda 80 foiz klublar shunday yo'l bilan ishlashadi.
Futbolchi qanday sotib olinadi? Birinchi o'rinda selekciya xizmatining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifasi bo'lishi darkor. Dastlab klubning moliyaviy holati va qanday ishlash zarurligini aniqlash olish zarur. Bosh murabbiy, sport direktori va jamoa rahbari har bir holat bo'yicha yakuniy qarorni qabul qiladigan bo'lishi kerak. Selekciya xizmati jamoa imkoniyatlaridan kelib chiqib hamisha har bir poziciyaga to'g'ri keladigan 2-3 nafar nomzodning nomiga ega bo'lishi shart. Futbolchilarning o'yinidan videolavhalar yoki ularning qanday uslubda harakat qilishi yozilgan tahliliy malumotlar taqdim etilishi kerak. Bizda qaysidir o'yinchi to'g'risida xulosa chiqarish uchun o'sha o'yinchining harakatlarini kuzatish va tegishli xulosani taqdim etish faqat bazi jamoalarda uchraydi.
Aytaylik, “Paxtakor” shunday yo'l tutishini aniq bilaman. Ular ko'z ostiga olingan nomzodni uzoq vaqt davomida kuzatib boradi. Futbolchi qancha ko'p vaqt kuzatib borilsa, yakuniy qarorning ishonchlilik darajasi shunchalik yaxshi bo'ladi.
Keyingi qadam qaysi futbolchining xarid qilinishi bo'ladi. Oxirgi so'zni aytish sport direktori yoki murabbiyda qolishi mumkin. Bunda aynan bir jamoada qaysi xodimning “yuki” og'irligi muhim o'rin tutadi. So'ng muzokaralar boshlanadi va transfer ro'y beradi. Demak, har bir o'tishda selekciya xizmati quyidagi ishni bajaradi: maqsad qo'yish, tahliliy ish va futbolchini ko'zdan kechirish, yakuniy qaror, muzokara va transfer.
Albatta, futbolchini biror poziciya uchun tanlab qo'yishda ko'plab omillar mavjud. O'sha chiziqda to'p tepayotgan o'yinchi o'sishdan to'xtagani, yoshlar jamoasida munosib nomzod yo'qligi, jarohat va shartnomaning bekor qilinishi bunga sabab bo'lishi mumkin. Yoki o'yinchining jamoa saviyasidan o'sib ketgani sababli ketishi ham shunga kiradi. Masalan, Odil Ahmedov xorij chempionatlarida o'ynaydigan saviyaga chiqib bo'lgani tufayli “Paxtakor”ni tark etgandi. Yoki chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishga qaror qilgan. Bunga ko'plab o'yinchilarning terma jamoa safiga chaqirilishi va mavsumga tayyorgarlik jarayonining ko'ngildagidek chiqmaslik xavfi sabab bo'ladi. Bunday paytda terma jamoaga nomzodlarning o'rniga aynan o'sha saviyada harakat qiladigan futbolchilarni topish selekciya xizmati oldiga vazifa qilib qo'yiladi. Aks holda, selekciya faqat pulni sarflashga xizmat qiladi.
Bazida yangi murabbiy kelganda jamoani o'ziga tanish futbolchilar bilan kuchaytirishni istayotganini aytadi. Bu unchalik to'g'ri emas. CHunki bunday holda jamoa o'zi tanlagan yo'ldan chiqib ketadi, barqarorlikni yo'qotadi. To'g'ri, eng buyuk klublarda ham 10-15 yilda bir marta keskin o'zgarishlar ro'y beradi, lekin surunkali tarzda emas. Bizning ligada shunday holat har yili takrorlanadigan bir necha klublar mavjud. SHu sababli jamoa ananalari va o'yin uslubi shakllanishi, transferlar va natija uchun murabbiydan tashqari javob beradigan jamoalar bo'lgani yaxshi. Bunda hech kim biror transferning shunchaki amalga oshishiga yo'l qo'ymaydi. Birinchi navbatda jamoaga mos kelish-kelmasligi, maoshi va boshqa holatlarga etibor qaratiladi. Oliy ligamizda faqat zaxirada o'tirish bilan millionlab maosh olayotgan futbolchilarning borligida jamoalarning o'zlari aybdor.
Bazan yaxshi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olish imkoniyati yuzaga keladi. Bunda shunchaki ular erkin agentga aylangan yoki avvalgi klubini tark etishni xohlaydi. SHunday pallada jamoalar tarkibni kuchaytirib qo'yish yoki biror yulduzga arzonroq ega bo'lish uchun o'sha nomzodni transfer qilib, safiga qo'shib oladi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar