So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  4 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Seid Seidov: "Qanaqa birinchi liga? Bekorlarni aytibsiz!" Yangiliklar

Seid Seidov: "Qanaqa birinchi liga? Bekorlarni aytibsiz!"

"Buxoro"-"Andijon" (3:0) uchrashuvidan so'ng buxoroliklar ustozi Seid Seidov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bugun juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Yanada yirikroq hisobda yutishimiz mumkin edi, lekin nima bo'lganda ham hisobdan ko'nglim to'ldi", - deb gap boshladi Seidov.

- Futbolchilaringiz yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda oqsashyapti.
- Haqiqatdan ham o'tgan turda "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda ham futbolchilarimda ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi, lekin biz ulardan foydalana olmadik, bugun ham xuddi shu ahvol. Bugun g'alaba qozondik, lekin o'yin bo'yicha biz o'tgan turga nisbatdan yomonroq o'ynadik.

Asosiy muammomiz bu ruhiyatda. Jamoamizning qator mag'lubiyatidan so'ng, ayniqsa o'tgan turdagi 0:5 dan keyin ruhiy tiklanish juda og'ir. Lekin mana bugun ko'rib turibman-ki, futbolchilar ancha o'zlariga kelishgan va maydonda o'z kuchlariga ishongan holda harakat qilishmoqda. Bu narsa xursand qilmay qo'ymaydi albatta.

- Mana siz jamoa o'yinidan qoniqish hosil qilmapsiz, muxlislar ham xuddi shunday. Lekin siz murabbiy va o'yin sifatiga aynan siz javob berasiz
- To'g'ri,mening xatom ham albatta bor. Balki, mashg'ulotlar jarayonida bazi bir mashqlarni bir kun oldinroq berganimda bugun boshqacharoq o'yin bo'lar edi. Rejamda yana ko'plab mashqlar va strategiyalar bor edi, lekin futbolchilarning bugungi kundagi jismoniy holati talab darajasida emas. SHu sababli bu mashg'ulotlarni berganimda,futbolchilar uni to'liq bajara olmas edilar.

- Ulugbek Baqoev haliyam sport formasini tiklab olmagan...
-Ha, Baqoev hozir o'zining eng yaxshi sport formasida emas, buni bilaman. Lekin u siz bizga juda qiyin bo'lishini ham yaxshi bilaman. Hozir jamoaga aynan Ulug'bekdek lider kerak, jamoani ruhlantira oladigan va o'z ortidan ergashtira oladigan futbolchi bo'lishi juda ham zarur.

- "Buxoro" haliyam autsayderlardan uzoqlashganicha yo'q...
- Bazi odamlar jamoaning egallab turgan o'rniga qarab, tamom, boshqa imkoniyat qolmagan, birinchi liga, nimadirlar deb yurishadi. Nega? Nega sizning fikringizcha aynan "Buxoro" birinchi ligaga tushib ketishi kerak ekan? Bekorlarni aytibsiz! Nega "So'g'diyona" emas, nega "Dinamo" emas aynan biz tushib ketishimiz kerak ekan? Hozir turnir jadvalida shunday holat-ki, ko'pchilik jamoalar bir-birlariga juda zich joylashgan. Biz ligadan tushib ketishni emas, balki yuqoriroq o'rinlarni egallashni o'ylab turibmiz. Qanaqa birinchi liga?

Futbolchilarimiz o'z kuchlariga ishona boshlashdi va har qanday raqib bilan bemalol o'ynab, g'alaba qozonish mumkinligini tushunib etishdi. Bundan buyog'iga biz hech qanday raqibga osonlikcha, jangsiz ochko beradigan niyatimiz yo'q. Futbolchilarimga ishonaman, ularning salohiyati bu ishonchni yanada kuchaytiryapti.

Hali ko'ramiz mavsum yakunida "Buxoro" nechinchi o'rinni olar ekan, hammasi biz uchun endi boshlandi. G'alabali onlar oldinda!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика