Sebastyan Kel: "Men jamoa kelajagini o'yladim"
31 iyu 2014 22:34
Yangiliklar
Sebastyan Kel: "Men jamoa kelajagini o'yladim"
Dortmundning "Borussiya" jamoasi futbolchisi Sebastyan Kel nega sardorlik bog'ichidan voz kechganini aytib o'tdi.
Men o'zimning so'ngi mavsumim oldidan sardorlik bog'ichini boshqa futbolchiga topshirishni istadim. Bu haqida klub va jamoa bosh murabbiyi bilan gaplashdim. "Borussiya D" jamoasining sardori bo'lganimdan faxrlanaman. Jamoaning sardori bo'lish bu katta masuliyat demakdir. Men jamoa kelajagini o'ylab shu qarorga keldim. Estafetani boshqa futbolchiga topshirish payti kelgandi. Yangi sardorga o'z tajribamdan kelib chiqib yordamlashaman.
Yangi va so'nggi mavsumimni ajoyib tarzda o'tkazishni istardim. Ko'proq o'ynashni xohlayman. Faoliyatimni sovrin bilan tugatsam zo'r bo'lardi. Bu yangi sardor uchun ham juda muhim bo'lardi.
Fikrlar