Sebalos "Real"ga o'tgach nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2017, 20:03
Bugun "Betis" yarim himoyachisi Dani Sebalosning "Real"ga o'tgani e'lon qilindi.

Madridliklar 20 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolashdi. Dani Madrid klubiga o'tgach, quyidagi so'zlarni aytib o'tdi.

"Avvalo "Real" prezidenti Florentino Peresga ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Menda "Real"ga salbiy javob berish uchun hech qanday sabab bo'lmadi. Chunki, yoshligimdan shu klubda o'ynashni orzu qilganman.

Men bu libosga oxirigacha borimni berish va klub tarixini yanada buyuk qilish uchun kelganman", - dedi Sebalos.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: realmadrid.com