Sead Kolashinac: "Arsenal"ga yoshligimdan muxlislik qilaman"
06 iyu 2017 21:33
Yangiliklar
Sead Kolashinac: "Arsenal"ga yoshligimdan muxlislik qilaman"
Himoyachi Sead Kolashinac "SHalke-04"dan "Arsenal"ga o'tishini izohlab o'tdi.
"Bu erda bo'lishdan mamnunman. "Arsenal" bilan 5 yilga shartnoma tuzganimdan hursandman.
"Arsenal" ulkan ananalarga ega klub. Men bu jamoaga Lemann va Anrilar to'p tepgan paytlardan muxlislik qilaman. Klub Evropada doim mashxur bo'lgan va bu erdaligimdan mamnunman.
Meni kuchli tomonim mentalitet deb o'ylayman. Jamoaga bor kuchim bilan yordam berishga harakat qilaman."
"Men ko'p nuqtalarda o'ynaganman, lekin chap qanot himoyasida o'zimni juda erkin his qilaman. SHuningdek, 3 markaziy himoyachidan biri vazifasini ham uddalay olaman", - dedi Kolashinac.
Kolashinac - "SHalke-04" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoada 2012 yildan beri o'ynab kelmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar