Sautgeyt Trent nima uchun termaga chaqirilmaganini malum qildi
18 mar 2021 22:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625994_original.jpg)
![](/upload/storage/625994_220.jpg)
Sautgeyt Trent nima uchun termaga chaqirilmaganini malum qildi
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt nima sababdan "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni termaning navbatdagi o'yinlariga chaqirilmagani sababini aytdi.
"Bizda shunday nuqtalar borki, u uchun termada juda katta raqobat olib boriladi. Trentning esa omadi kelmayapti. U so'nggi yillardagi darajasini ko'rsata olmayapti. Biroq ko'rish mumkinki, so'nggi haftalardagina to'g'ri yo'nalish oldi.
Ris Jeyms va Kiran Tripper klublari bilan ajoyib mavsumni o'tkazishdi. Uoker esa "Manchester Siti" bilan hamohang ideal holatda. SHuningdek, ushbu nuqta uchun yana boshqa variantlar ham bor.
Trent, albatta, superiqtidor. U kelajakda Angliya termasining asosiy futbolchisi bo'la oladi", - dedi Sautgeyt.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar