Sautgeyt MYUni boshqarishi mumkin
26 jan 2020 13:41
Yangiliklar


Sautgeyt MYUni boshqarishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati Ule-Gunnar Sulsher bshochiligidagi jamoaning natijalari yaxshilanmasa, mutaxassisni ishdan bo'shatish masalasini muhokama qiladi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, norvegiyalik mutaxassisning o'rniga asosiy nomzod sifatida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ko'rilmoqda. U jamoa murabbiylik postini Evro-2020 yakunlagach qabul qilib olishi mumkin.
49 yoshli angliyalik mutaxassis MYUdagi yosh futbolchilar bilan yaxshi kirishib keta olishi taxmin qilinmoqda. Sautgeytning ishi klub vice-prezidenti Ed Vudvordga maqul tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar