Sautgeyt: "Ko'p gol urolmayapmiz, ammo oxirgi uchta o'yinni yaxshi himoyalangan jamoalarga qarshi o'tkazdik"
08 iyu 11:49
Yangiliklar
Sautgeyt: "Ko'p gol urolmayapmiz, ammo oxirgi uchta o'yinni yaxshi himoyalangan jamoalarga qarshi o'tkazdik"
Mutaxassis shveycariyaliklar bilan o'yin natijasini sarhisob qildi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Germaniyada bo'lib o'tayotgan Evropa chempionati chorak finalida SHveycariya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Evro-2024 yarim finaliga chiqish haqida gapirdi. Angliyaliklar SHveycariyani mag'lub etishdi (1:1, penaltilar bo'yicha – 5:3).
"Maqsadimiz to'p bilan o'ynash, ammo raqiblar bizni to'xtatishga urinishmoqda. Jamoamiz boshidanoq katta bosim ostida edi, lekin biz barcha qiyinchiliklarni juda yaxshi engdik. Ayni paytda ko'p gol ura olmayapmiz, ammo oxirgi uchta o'yinni yaxshi himoyalangan jamoalarga qarshi o'tkazdik. To'rtta urinishda uchinchi marta yarim finalga chiqdik. To'xtab qolmasligimiz kerak", – dedi Sautgeyt.
Angliya terma jamoasi Evro-2024 yarim finaliga chiqdi va unda Turkiyani mag'lub etgan (2:1) Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar