Sautgeyt: “Bunday katta bosim ostida yaxshi o'yin ko'rsatish kishini quvontiradi”
04 iyu 2021 08:10
Yangiliklar
Sautgeyt: “Bunday katta bosim ostida yaxshi o'yin ko'rsatish kishini quvontiradi”
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 chorak finalida Ukraina ustidan (4:0) qozonilgan g'alabaga to'xtaldi.
“Ajoyib futbolchilarga egamiz. Ularning katta bosim ostida kutilganidandan yaxshiroq harakat qilishi shunchaki bizni quvontiradi.
Jamoada g'oliblik ruhi yuqori. Maydonga tushgan barcha futbolchilar ruhiy tomondan yuqori tayyorgarlikka ega. Bu eng muhim holatlardan biri. Tarkibdagi barcha futbolchilar ana shunday xususiyatga ega. Ular mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilishmoqda. Men qaysi futbolchini tarkibga kiritaman yoki yo'q ularning barchasi bir tanu jon bo'lib harakat qilimoqda. Biz raqibga qarshi aniq rejalarni tuzib, uni amalga oshirishimiz, futbolchilarga tushuntira olishimiz kerak bo'ladi.
Ukrainaga qarshi bellashuvda ham ularning barchasi o'z vaifasini bekamo' ko'st ado etishning uddasidan chiqishdi”, dedi Sautgeyt.
Fikrlar