Sautgeyt bu safar Sancho, Abraxam va CHilvelni Angliya termasidan chetlatishi mumkin
07 okt 2020 20:45
Yangiliklar
Sautgeyt bu safar Sancho, Abraxam va CHilvelni Angliya termasidan chetlatishi mumkin
Jeydon Sancho, Temmi Abraxam va Ben CHilvel Uelsga qarshi payshanba kuni bo'lib o'tadiga o'rtoqlik uchrashuvida qatnashmaydi, deb yozadi Sky Sports.
Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt futbolchilarning Abraxamning tavallud kuniga bag'ishlangan ziyofatda qatnashgani tufayli shunday qaror keldi. Tadbirda 20 ga yaqin kishi ishtirok etgan, koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar doirasida esa odamlarning olti kishidan ko'proq guruhlarga to'planishi taqiqlangan.
Sautgeyt Millatlar Ligasi doirasida Belgiya va Daniyaga qarshi o'yinlar oldidan tayyorgarlik jarayoniga yuqoridagi uch futbolchini qo'yadimi yoki yo'q hozircha malum emas.
Avvalroq, Fil Foden va Meyson Grinvud Islandiyaga qarshi bahsdan keyin mehmonxonaga engil tabiat qizlarni taklif etgani uchun terma jamoadan chetlatilgan edi.
Fikrlar