Sautgeyt: "Angliya g'alaba uchun etarli bo'lgan vaziyatlar yarata olmadi"
19 iyu 2021 09:57
Yangiliklar
Sautgeyt: "Angliya g'alaba uchun etarli bo'lgan vaziyatlar yarata olmadi"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt SHotlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi navbatda shuni aytishim lozimki, natija adolatdan bo'ldi. Biz g'alaba uchun etarli bo'lgan vaziyatlar yarata olmadik. SHuningdek, mag'lubiyatga ham loyiq o'yin ko'rsatmadik.
SHotlandiyaga qoyil qolish lozim. Ular yaxshi himoyalanishdi va to'p bilan etarlicha muomala qilishdi. Biz echim topa olmadik. Qanotlarda muammolar paydo bo'ldi, bo'sh zona topa olmadik. Ulardan foydalana olmadik", - dedi Sautgeyt.
Fikrlar