Angliya erkaklar terma jamoasini ayol murabbiy boshqarishi mumkin
16 iyu 22:09
Yangiliklar
Angliya erkaklar terma jamoasini ayol murabbiy boshqarishi mumkin
Angliya futbol associaciyasi terma jamoa murabbiyligidan ketgan Garet Sautgeyt o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Garet Sautgeyt qariyb sakkiz yil faoliyat olib borgan jamoani tark etishga qaror qildi. Hozirda Angliya futbol associaciyasi mamlakat terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Sarina Vigman Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoridan o'rin olgan. Hozirda u Angliya ayollar terma jamoasida ishlamoqda. Qayd etish joiz, 54 yoshli Vigman Niderlandiya va Angliya ayollar terma jamoasi boshqaruvida Evropa chempioni bo'lgan.
Avvalroq "uch sherlar" boshqaruviga APLda ishlagan murabbiylar taklif etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar