Saudiyani JCHga olib chiqqan murabbiy o'z lavozimini tark etdi
15 sen 2017 02:54
Yangiliklar
Saudiyani JCHga olib chiqqan murabbiy o'z lavozimini tark etdi
Gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqdi.
65 yoshli mutaxassis qo'l ostida saudiyaliklar o'tgan haftada JCH-2018 saralash bahslari doirasida o'z maydonida Yaponiya terma jamoasini (1:0) taslim etib, Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandi.
Saudiya Arabistoni termasining yangi ustozi sifatida ilgari Argentina terma jamoasida ishlagan Edgardo Bausa tanishtirildi.
Fikrlar