Saudiyani JCHga olib chiqqan murabbiy o'z lavozimini tark etdi

Gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi.

65 yoshli mutaxassis qo'l ostida saudiyaliklar o'tgan haftada JCH-2018 saralash bahslari doirasida o'z maydonida Yaponiya terma jamoasini (1:0) taslim etib, Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandi.

Saudiya Arabistoni termasining yangi ustozi sifatida ilgari Argentina terma jamoasida ishlagan Edgardo Bausa tanishtirildi.



Manba: NOS