So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  80 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Saudiya - Yaman uchun oshib o'tish imkonsiz dovon Yangiliklar

Saudiya - Yaman uchun oshib o'tish imkonsiz dovon

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.

Guruhdagi raqiblarimiz Saudiya Arabistoni va Yaman terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.

Saudi Arabia

Salem Al-Dawsari - 4', Fahad Al-Muwallad - 17', Fahad Al-Muwallad - 32'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 7-tur

06/06/2021, 00:00

0
:
3
Tugadi

Yemen

Stadion: 4382 tomoshabin

45'
90'
4'  Salem Al-Dawsari
17'  Fahad Al-Muwallad
32'  Fahad Al-Muwallad
38'  Abdullah Otayf
71'  Saleh Al-Shehri (Abdullah Al-Hamdan)
71'  Abdullah Otayf (Sami Al-Najei)
87'  Abdulelah Al Malki (Ali Al Asmari)
90'  Salem Al-Dawsari (Abdulrahman Ghareeb)
90'  Fahad Al-Muwallad (Mohammed Marzouq Al Kuwaykibi)
45'  Abdulwasea Al Matari
46'  Emad Mansoor (Mufeed Gamal)
46'  Alaa Al-Deen Mahdi (Galal Hezam Al-Galal)
46'  Manaf Saeed Saad (Abdulmuain Al Jarshi)
59'  Mohammed Boqshan
66'  Mohsen Mohammed
74'  Mohsen Mohammed (Ali Abdullah Hafeedh)
74'  Mohammed Boqshan (Ahmed Al-Wajeeh)

Mazkur jamoalar shu paytga qadar rasmiy va o'rtoqlik o'yinlarida umumiy hisobda 8 bor to'qnash kelishgan. Ulardan 7 tasida saudiyaliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 1 o'yin (oxirgisi) durang bilan yakunlangan. Yaman terma jamoasi o'zining 30 yillik tarixida biror bor Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag'lub qilishni uddalay bilmagan. Bugungi o'yin shu jihatdan tarixiy bahsga aylanishi mumkin.

O'zaro uchrashuvlardagi to'plar nisbati: 30-3. Yamanlik futbolchilari faqat 2 o'yinda saudiyalik raqiblarining darvozasiga yo'l topa olishgan.

Bu jamoalar  o'rtasidagi so'nggi o'yin 2019 yilning 10 sentyabr kuni Baxrayndagi neytral maydonda o'tkazilgan. Unda har 2 tomon 2 tadan gol bilan kifoyalanib, 1 ochkoga rozi bo'lgan edi. O'sha bahsda yamanlik hujumchi Mohsen Qaravining hisobni ochuvchi goli juda chiroyli chiqqan (quyidagi videolavhada tomosha qilishingiz mumkin).


Yaman FIFA reytingida 145-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Saudiya Arabistoni 67-pog'onaga joylashgan. Jamoalarga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda futbolchilarning saviyasini o'zaro solishtirish imkonsiz. Evre Renar shogirdlari 2 emas, 5 bosh balandroq. "Transfermarkt" portali Saudiya Arabistoni terma jamoasining to'liq tarkibini 26 mln evroga baholagan. Yaman termasi vakillarining umumiy qiymati esa 1,45 mln evroga baholanyapti (deyarli 19 barobar arzonroq). Malumot uchun, saudiyaliklar tarkibida transfer qiymati Yaman termasining to'liq tarkibidan qimmatroq bo'lgan 6 nafar futbolchi bor. Evre Renar shogirdlari orasida transfer bahosi eng yuqorisi "Al Hilol" vakili Muhammad Kanno hisoblanadi (2,8 mln evro).

Xullas, qog'ozdagi malumotlarda Saudiya Arabistoni mutlaq favorit. Ammo, maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin. Terma jamoamiz uchun bevosita ahamiyatli bo'lgan mazkur bahsni o'tkazib yubormang!

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика