So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Saudiya klubi Amrabatni Evropa klublaridan "aynitmoqchi" Yangiliklar

Saudiya klubi Amrabatni Evropa klublaridan "aynitmoqchi"

Saudiyaning “Al Ahli” klubi “Fiorentina” yarim himoyachisi Sofyan Amrabat uchun kurashga kirishdi va 26 yoshli futbolchini Evropaning top klublaridan "ilib ketishga" harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted", "Barselona" va "Atletiko Madrid" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Manba bergan xabarga ko'ra, "Al Ahli" so'nggi kunlarda marokashlik futbolchining transferi ustida qattiq ishlamoqda. Klub rahbariyati Sofyanning akasi Nordin Amrabat bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazdi va shu tariqa futbolchini transferga ko'ndirishga harakat qildi. Biroq, ayni damda, Evropadan kelgan variantlar futbolchi uchun ustuvor bo'lib qolmoqda.

2022/2023 yilgi mavsum Amrabat "Fiorentina" uchun barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, bitta golga assistentlik qilgan. Futbolchining Florenciya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика