Saudiya Arabistoniga qarshi qanday tarkib ko'rishni istaysiz?
15 jan 2015 17:17
Yangiliklar


Saudiya Arabistoniga qarshi qanday tarkib ko'rishni istaysiz?
Har bir tarkib tuzgan o'quvchi, o'zining xulosasini ham berishi shart. Masalan:
Darvozabon: Ignatiy Nesterov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, SHuhrat Muhammadiev.
Yarim himoyachilar: Sardor Rashidov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov, Server Jeparov.
Hujumchi: Igor Sergeev
Hozir darvozabonni o'zgartiradigan vaziyat emas. Suyunov va To'raev muhim o'yin arafasida o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin. "Paxtakor" O'zbekiston chempionatida eng kam gol o'tkazgan jamoa va yil davomida himoya markazidan muqim joy olgan Egor Krimec bosh bilan o'ynash hadisini olgan. Bugungi terma jamoamizning burchak zarbalarida raqibni qo'rqitadigan futbolchi yo'q. Krimey esa ayni muddao. Muhammadiev bo'lsa penalti ishlashga usta.
Haydarov tayanchga javob beradi, Iskanderov va Rashidov ikki qanotni egallashi lozim. Jamshid o'rtadan ham kirib borish hususiyatiga ega. "Lokomotiv" bilan o'yinini yodga oling. Ahmedov o'rtada erkin ijodkor, Jeparov ham markaz, ham hujumni bog'lashi lozim. Kezi kelganda o'ngga o'tib, qanot yarim himoyachisi bilan almashib turadi. Old chiziqda Igor Sergeev. Xitoyga qarshi o'yinda Sergeevga aynan Iskanderov etishmadi. Bu ikki futbolchi 2006 yildan beri birga to'p tepib kelishadi. Bir-birini so'zsiz tushunadi.
Endi navbat sizga, hurmatli o'quvchi.

Fikrlar