Saudiya Arabistoni ustozi Roberto Manchini kechagi ishi uchun uzr so'radi va istefo bermasligini aytdi
31 jan 11:57
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni ustozi Roberto Manchini kechagi ishi uchun uzr so'radi va istefo bermasligini aytdi
O'yindan keyingi matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Roberto Manchini o'z fikrlarini bildirdi.
Murabbiy dastlab so'nggi zarba ijro etilishidan avval tribuna ostiga kirib ketgani uchun uzr so'radi va mag'lubiyatga qaramay o'z lavozimini tark etmoqchi emasligini malum qildi.
"Barcha futbolchilarimga o'yin uchun rahmat aytmoqichman. Ular ancha yaxshi o'ynashdi.
Futbolda yutish va yutqazish mumkin. Juda kuchli jamoaga qarshi o'yinda futbolchilarim munosib harakat qilishdi. Biz penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik, penaltilar seriyasi - lotoreya.
Endi biz bir jamoamiz. Yanada ko'proq ishlashimiz va kuchayishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Sababi bunday kuchli jamoalarni mag'lub etmoqchi bo'lsak tinmay ishlashimiz darkor", - dedi Roberto Manchini.
Fikrlar