So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  9 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  89 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Saudiya Arabistoni U19 - O'zbekiston U19 - 3:2. To'liq sharh Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U19 - O'zbekiston U19 - 3:2. To'liq sharh

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining Al-Xobar shahrida yig'in o'tkazayotgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni U19 jamoasi bilan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

30 aprel kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda ham Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda hisobni o'zbekistonliklar ochdi. 6-daqiqada Oybek Rustamov aniq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o'tib, hisob tenglashtirildi. Birinchi bo'lim yakuniga qadar tomonlar yana bittadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 40-daqiqada Umid Ergashev qo'riqlayotgan darvoza tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va u aniq amalga oshirildi. 42-daqiqada esa Aziz G'aniev jarima to'pini qoyilmaqom bajarib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda Jasur Abduraimov shogirdlari raqib qarshi hujumini o'tkazib yubordi va bu hujumni saudiyaliklar gol bilan yakunladi – 3:2.

Eslatib o'tamiz, 28 aprel kuni bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda ham xuddi shunday hisob qayd etilgan va Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi g'olib bo'lgan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi

30.04.2016, Al-Xobar, Saudiya Arabistoni qirolligi

Saudiya Arabistoni U19 – O'zbekiston U19 3:2

O'zbekiston gollari
: Oybek Rustamov (6), Aziz G'aniev (42)

O'zbekiston U19: Umid Ergashev, Oybek Rustamov, Islom Qobilov, Husniddin G'ofurov, Xojiakbar Alijonov, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, SHarof Muhiddinov, Sanjar Qodirqulov, Ilhom Alijonov, Bobir Abduxoliqov.

Zaxira: Umid Hamroev, Behzod G'anijonov, Mirjahon Mirahmadov, Islom Kenjaboev, Abduqodir Ortiqov, Tursunboy Rahimberdiev, Usmonali Usmonaliev, Jasur Yaxshiboev, Bilol Toshmirzaev, Suxrob Nurilloev.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика