Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
30 iyu 2019 02:05
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Renar murabbiylik faoliyatining asosiy qismini Afrikada o'tkazdi. U Gana (yor. mur.), Zambiya (2 marta), Angola, Kot dʼIvuar va Marokash termalarida ishladi. Zambiya va Kot dʼIvuar bilan u Afrika Millat Kubogida (2012, 2015) g'olib bo'ldi. Marokashni esa 20 yil deganda mundialga olib chiqdi.
So'nggi qita birinchiligidagi omadsizlikdan so'ng, Marokash futbol federaciyasi 50 yoshli mutaxassisni istefoga chiqardi.
SHuningdek, Renar Xitoyning – «Guychjou Jenxe» (yor. mur.); Franciyaning – «Draginyan», «SHerbur», «Sosho», «Lill»; Angliyaning – «Kembridj Yunayted» klublarida faoliyat olib borgan.
Qayd etish joizki, tajribali murabbiy terma jamoa yoki klubni tark etganidan so'ng kamida 1 oyga yaqin muddatni ishsiz o'tkazishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar