Saudiya Arabistoni shahzodasi klub va terma jamoaning 340 mln. dollarlik qarzlarini to'lab beradi
22 may 2018 18:12
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni shahzodasi klub va terma jamoaning 340 mln. dollarlik qarzlarini to'lab beradi
Saudiya Arabistoni merosxo'r shahzodasi Muhammad ibn Salmon mamlakat futbol rivojiga xissa qo'shishga qaror qildi.
U Saudiya Arabistoni klublarining chet ellik hamkorlari bilan o'rtasidagi barcha qarzlarni, terma jamoa futbolchilariga berilishi kerak bo'lgan pullarni to'lab beradi.
Bundan tashqari, ichki chempionatda ishlagan chet ellik hakamlarning ham haqqi to'lanadi.
Yordam puli 340 mln. dollarga baholanmoqda.

Fikrlar