Saudiya Arabistoni murabbiyining kayfiyati chog'
02 apr 2021 13:19
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni murabbiyining kayfiyati chog'
Ushbu g'alabadan so'ng guruhdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni 11 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Jamoa bosh murabbiyi Erve Renar OFK saytiga bergan intervyusida g'alabadan va jamoasi ko'rsatgan o'yindan mamnun ekanligini aytib o'tdi.
- "Muhim g'alabani qo'lga kiritdik, buning uchun federaciya, futbolchilar va murabbiylar shtabimiz bilan faxrlanaman. Lekin maqsadimizga erishish uchun hali ishlashda davom etamiz. Hozircha esa hammani muhim g'alaba bilan tabriklayman".
- "O'yinga keladigan bo'lsak, toki birinchi golni urib olguncha qiyin bo'ldi. Ammo sarosimaga tushmadik, chunki g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi. O'z navbatida Quvaytga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib olganimiz ham katta yordam berdi. Bir qator yoshlarni bu o'yinda sinab ko'rdik. Falastin bizga qarshi uzun to'p oshirishlar bilan o'ynashni maqul ko'rdi, lekin biz bunga ham tayyor edik", - deydi 52 yoshli franciyalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvi 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar