Saudiya Arabistoni ligasi. Kecha Ravshan Ermatov bosh hakam, Klattenburg zaxira hakami bo'ldi FOTO + VIDEO
28 sen 2018 08:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455527_original.jpg)
![](/upload/storage/455527_220.jpg)
Saudiya Arabistoni ligasi. Kecha Ravshan Ermatov bosh hakam, Klattenburg zaxira hakami bo'ldi FOTO + VIDEO
Kecha Saudiya Arabistoni ligasida 4-turdan o'rin olgan "Al Ittifoq" - "Ohod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. Unga qanotlarda hamyurtlarimiz Jahongir Saidov va Alisher Usmonov yordam berishdi. Zaxira hakami sifatida mashhur angliyalik referi Mark Klattenburg ishladi.
Uchrashuvda hisob ochilmadi. Ermatov o'yin davomida bir marta sariq kartochka ko'rsatdi.
"Al Ittifoq" - "Ohod" 0:0
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Jahongir Saidov, Alisher Usmonov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Mark Klattenburg (Angliya)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar