Saudiya Arabistoni "Fors Ko'rfazi kubogi-2014"da ishtirok etadi
22 okt 2014 16:03
Yangiliklar

Saudiya Arabistoni "Fors Ko'rfazi kubogi-2014"da ishtirok etadi
O'zbekistonning Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichidagi raqiblaridan biri bo'lgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi noyabr oyida "Fors Ko'rfazi kubogi-2014"da ishtirok etadi.
Hisob bo'yicha 22-bor o'tkaziladigan musobaqaga aynan Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Unda jami 8ta terma jamoa ishtirok etadi. Uchrashuvlar Ar Riyoddagi ikkita stadionda bo'lib o'tadi: "Qirol Fahd" va "SHaxzoda Faysal bin Fahd".
13-26 noyabr kunlari oralig'ida o'tuvchi musobaqada Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Yaman, Qatar, BAA, Quvayt, Iroq va Ummon kabi jamoalar qatnashadi.
Mezbonlar "A" guruhida Bahrayn, Qatar va Yamanga qarshi o'ynashadi. "B" kvartetidan esa BAA, Ummon, Quvayt va Iroq jamoalari o'rin olishgan. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan terma jamoalar yarim finalga chiqishadi.
Fors Ko'rfazi kubogining amaldagi g'olibi BAA terma jamoasi hisoblanadi. Arablar 2013 yil Bahraynda o'tgan musobaqada tengsiz bo'lishgandi.

Fikrlar