Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Rossiyani mag'lub etmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2018, 21:03
Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci Rossiyaga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi.

– Guruhdagi eng og'ir o'yin qaysi bo'ladi?
–  Rossiyaga qarshi bahs. Ammo biz eng yaxshi o'yinimizni namoyish etmoqchimiz, raqibning kuchsiz tomonlarini bilamiz. Rossiya qanday o'ynashidan juda yaxshi xabardormiz. Maqsadimiz ulkan. Bugungi kundagi maqsadimiz – Rossiyani mag'lub etish. Qolgan maqsadlarni ertangi bahsdan keyin qo'yamiz.

–  Rossiya mezbon ekani sizlarga qanchalik yordam beradi?

–  Biz doim eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz, kurashishga urinamiz. Ertaga ham shunga harakat qilamiz, tashqi ta’sirlarga e'tibor qilmaymiz.

- Bugun Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ishdan ketdi. Sizning fikringiz.

- Barcha tafsilotlarni bilmayman, ammo nima bo'lganda ham Fernando Yerroga omad tilayman. Umid qilamanki, u vaziyatdan chiqib ketadi.

- Argentina va Lionel Messi mundialda qanday ishtirok etadi deb o'ylaysiz?

- Ular chempionlik uchun eng asosiy da'vogarlra.

- Misr terma jamoasidan nima kutayapsiz? Agar Muhammad Salah birinchi o'yinda maydonga tusha olmasa.

- Sport olamida taxmin qilish qiyin. Hech kim nima bo'lishini aniq ayta olmaydi.


Eslatib o'tamiz, Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com