Sato Minori: "G'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi, afsus..."
18 mar 2016 20:50
Yangiliklar


Sato Minori: "G'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi, afsus..."
"Bunyodkor" futbolchisi Sato Minori "Zobahan"ga qarshi o'yindan so'ng miks-zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"G'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz bor edi. Afsuski, o'yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Gol kiritishni uddasidan chiqa olmadik.
"Zobahan" yaxshi jamoa. Bir qancha vaziyatlarda o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qola olishdi.
Keyingi o'yindagi imkoniyatlarimiz? Albatta, g'alaba uchun maydonga chiqamiz", - deya o'z fikrlarini yakunladi yaponiyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar