So’nggi yangiliklar

20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  0 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  42 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2

Italiya. "Yuventus" g'alabasiz o'yinlar seriyasini uchtaga etkazib oldi Yangiliklar

Italiya. "Yuventus" g'alabasiz o'yinlar seriyasini uchtaga etkazib oldi

A Seriyaning 34-turi doirasidagi "Sassuolo" - "Yuventus" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Sassuolo – Yuventus 3:3

"CHitta-del-Trikolore"

Gollar: 0:1 – 5 Danilo, 0:2 – 12 Iguain, 1:2 – 29 Jurichich, 2:2 – 51 Berardi, 3:2 - 54 Kaputo, 3:3 - 64 Aleks Sandro.

Sassuolo – Konsili, Myuldyur, Kirikesh (Marlon, 75), Peluzo, Kiryakopulos, Djurichich (Traore, 67), Lokatelli, Manyanelli (Burabiya, 67), Boga (Raspadori, 86), Berardi (Ferrari, 86), Kaputo.

Yuventus – SHchensny, Danilo, Kellini (Rugani, 46), de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Matyuidi (Remzi, 81), Pyanich (Rabo, 57), Bernardeski (Duglas Kosta, 62), Iguain (Dibala, 57), Ronaldu.

Ogohlantirish: Manyanelli (42), Bernardeski (45), Kiryakopulos (53), Berardi (58), Ronaldu (62), Bonuchchi (81), Burabiya (90).

Sassuolo

Filip Djuricic - 29', Domenico Berardi - 51', Francesco Caputo - 54'

Serie A . 33-tur

16/07/2020, 01:45

3
:
3
Tugadi

Juventus

Danilo - 6', Gonzalo Higuain - 12', Alex Sandro - 64'

Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paolo Valeri

45'
90'
29'  Filip Djuricic
29'  Francesco Caputo
42'  Francesco Magnanelli
51'  Domenico Berardi
53'  Giorgos Kyriakopoulos
54'  Francesco Caputo
54'  Domenico Berardi
58'  Domenico Berardi
66'  Filip Djuricic (Hamed Traore)
67'  Francesco Magnanelli (Mehdi Bourabia)
75'  Vlad Chiriches (Marlon)
86'  Domenico Berardi (Gian Marco Ferrari)
86'  Jeremie Boga (Giacomo Raspadori)
90'  Mehdi Bourabia
6'  Danilo
6'  Miralem Pjanic
12'  Gonzalo Higuain
12'  Miralem Pjanic
45'  Federico Bernardeschi
46'  Giorgio Chiellini (Daniele Rugani)
57'  Gonzalo Higuain (Paulo Dybala)
57'  Miralem Pjanic (Adrien Rabiot)
62'  Cristiano Ronaldo
62'  Federico Bernardeschi (Douglas Costa)
64'  Alex Sandro
64'  Rodrigo Bentancur
81'  Leonardo Bonucci
81'  Blaise Matuidi (Aaron Ramsey)
90'  Aaron Ramsey

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! Bugun himoyada juda bo'sh o'ynagan "Yuventus" ketma-ket uch o'yindirki g'alaba nimaligini bilmay kelyapti. Barchaga rahmat. Navbatdagi uchrashuvlarda ko'rishguncha.

90+3. ZARBAAAAAAAA!!! Burabiyayayayayaya!!!! Uning juda kuchli zarbasini SHensni daxshatli seyvi bilan qaytardi!!

5 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Yuventus" so'nggi ikki o'yinda bir durang va bir mag'lubiyat qayd etgandi. G'alabasiz o'yinlar seriyasi 3taga etish arafasida bo'lib turibdi bu statistika.

84. Nimalar bo'lyapti maydonda?! "Sassuolo" bir necha chiroyli paslari bilan "Yuve" himoyasini ko'rdim demasdan o'tib ketdi va avvaliga Bernardeski, keyinchalik Boganing zarbalari qaytarildi. Ajoyib vaziyat bo'lgandi. Buni "Sassuolo"dan "Yuve"ga master-klass deb baholaymiz.

83. UXXXXX!! Lokatelli o'z jarima maydonchasi yonida yiqilib tushdi va to'pni oldirdi. Biroq Rabo bu pallada zarba berishning o'rniga pas o'ynadi va to'p yo'qotildi.

81. Dibalaning zarbasi noaniq ketdi.

78. ZARBAAAAAAAA!! Ronaldudan ajoyib zarba va Konsili to'pni oyoqlari bilan qaytardi! Zo'r vaziyatdan foydalana olmadi "Yuve".

77. Dibala tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganida Lokatelli undan to'pni olib qo'ydi.

74. Aleks Sandroning qanotdan uzatilgan to'pni raqib darvozasi yoniga aniq oshira olmadi.

69. Burchakdan oshirilgan to'pga De Ligt boshi bilan zarba bergandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Dibala tushganidan keyin "Yuve" anchagina jonlandi. Burchakdan oshirilgan to'pga Aleks Sandro boshi bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi!
62. Ronalduning o'yini o'xshamayapti. Hozir u raqibiga qarshi fol ishlatgani uchun sariq oldi.

60. ZARBAAAAAA!!! Bernardeskining o'ng qanotdan havolatib oshirgan pasiga Rabo boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi. Ikkinchi tempda Ronaldu 2 metrdan gol ura olmadi.

57. Nihoyat, Dibalani ham maydonda ko'rar ekanmiz.

56. Hurmatli futbol muxlislari, ushbu o'yinni ko'ring. "Milan" so'nggi 10 yillikdagi eng johil jamoasini tuzgan paytda biz "Yuventus"ning ushbu mingyillikdagi eng yomon holatini ko'ryapmiz. 

54. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Berardining pasidan keyin Kaputo hisobni 3:2 ko'rinishga keltirdi!!! Super o'yin mezbonlardan!

51. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Berardiiiiiii!!! U jarima zarbasidan unumli foydalandi! U vaziyatni HD formatda kuzatib turdi!

50. "Sassuolo"da jarima zarbasi. Bentankur jarima maydonchasi yonginasida raqibini yiqitdi.

48. Yo'q, umuman olganda vaziyat xavfli bo'lsa-da, gol urish qiyin edi. Ronalduning zarbasini himoyachi qaytardi.

47. UXXXX!!! Darvozabondan qo'pol xato. Konsili jamoadoshi uzatgan to'pni ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi.

Berardining noaniq zarbasidan keyin bosh hakam 1-bo'limni yakunlab berdi.

45+5. ZARBAAAAAAAAA!!! "Yuve" anchadan buyon bunday hujum uyushtirmagandi. Ronalduning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi raqibga tegib, maydonni tark etdi.

45+3. Bernardeski markazda o'zi yiqilib tushdi va to'pni oldirib, raqibini yiqitdi. Hakamga ham etiroz bildirib qo'ydi o'rtada.

45+1. "Sassuolo"ning bosimi davom etmoqda.

Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Yuventus" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga zarba berish chog'ida Ronaldu raqibini yiqitib yubordi va fol belgilandi.

42. Nihoyat, "Yuventus"dek jamoa bir amallab himoyadan chiqa oldi va o'yinni markazga ko'chirdi.

38. ZARBAAAAAAAAA!!! "Sassuolo" yana tezkor hujum tashkil qildi. Berardining qanotdan uzatgan pasini Boga darvozaga yo'lladi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

36. ZARBAAAAAAAA!!! Berardining bu safargi zarbasini SHensni ushlab oldi. "Yuve" himoyasida xatolar yaqqol ko'zga tashlanmoqda.

34. De Ligt zaxiraga olinadi. Uning elkasidan olgan jarohati jiddiy ko'rinadi. U elkasi bilan kuchli zarbani qaytargandi.

32. ZARBAAAAAAAAA!!! Jarimadan oshirilgan to'pga Peluzo boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

29. GOOOOOOOOOOOLLLL!! Jurichiiichchchch!! Mana sizga qo'pol xato! Aleks Sandrodan "perevoz" va Jurichichdan gol!


27. ZARBAAAAAAA!!! Boga-Berardi kombiniciyasidan keyin Dominiko birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi. SHensnidan yana bir seyv! "Yuve" himoyasi fishka kabi osonlik bilan ortda qoldirilgandi.

24. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Myuldyurning zarbasi raqibiga tegib, rikoshet hosil qildi va SHensnining qarama qarshi tomoniga uchib ketayotgandi. Posbondan super reakciya va seyv!

23. ZARBAAAA!!! Boganing kuchli zarbasi Kelliniga tegib, burchakka chiqib ketdi.

21. UXXXXXX!! Ronaldu o'ng qanotda raqiblari xatosidan keyin bo'sh qolgan darvozaga zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

18. "Yuventus" ketma-ket burchak zarbalarini yo'qqa chiqarmoqda.

15. ZARBAAAAAAAA!!! Berardining zarbasi rikoshetdan keyin darvozaning ustki to'riga borib tushdi. SHensni bu pallada men kabi tomoshabin rolida bo'lib qoldi.

14. ZARBAAAAAAAA!!! Kaputo birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. UXXX!! Hisob qisqardi deb o'ylagandim. SHensnidan seyv.

12. GOOOOOOOOOLLLL!!! "Sassuolo" himoyachilarining qo'pol xatosidan keyin Iguain hisobni 0:2 ko'rinishiga etkazdi!

Hurmatli futbol muxlislari, saytimizda APLning 36-turi doirasidagi "Arsenal" - "Liverpul" uchrashuvi ham matnli tarzda yoritilmoqda. Van Deyk qo'pol xatoga yo'l qo'ygan o'yinni ham matnli translyaciya tarzida kuzatishingiz mumkin.

LIVE  APL. "Arsenal" - "Liverpul" 1:1 (matnli translyaciya) 

8. UXXXXXX!! "Yuventus"da ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi. 

5. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! DANILOOOOO!!! Super gollll!! Burchakdan oshirilgan to'pga himoyachi juda kuchli zarba yo'llab, hisobni ochdi!!

4.UXXXXX!! "Sassuolo" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Kaputo esa 13-14 metrlardan o'ng oyog'ida zarba yo'llamoqchi bo'ldi. To'p uning oyog'iga tushmay qoldi.

3. Ronalduning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchakdan oshirilgan to'pga zarba berish chog'ida De Ligt fol ishlatdi va to'p mezbonlarga olib berildi.

1. O'YINGA START BERILDI!

- Demak, uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Barchangizni A Seriya o'yiniga taklif qilamiz. "Yuventus" ishtirokidagi o'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика