So’nggi yangiliklar

22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  0 21:45Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  3 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  1 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  12 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4

A Seriya. Eldor SHomurodov gol urgan bahsda "Jenoa" mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

A Seriya. Eldor SHomurodov gol urgan bahsda "Jenoa" mag'lubiyatga uchradi

Teglar :  JenoaSassuolo
Italiya A seriyasining 16-turidan o'rin olgan "Sassuolo" - "Jenoa" uchrashuvi yakuniga etdi.

Sassuolo

Jeremie Boga - 52', Giacomo Raspadori - 83'

Serie A . 16-tur

06/01/2021, 19:00

1
:
2
Tugadi

Genoa

Eldor Shomurodov - 64'

Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Fabbri

45'
90'
35'  Domenico Berardi (Gregoire Defrel)
39'  Kaan Ayhan
52'  Jeremie Boga
52'  Manuel Locatelli
57'  Francesco Caputo (Hamed Traore)
58'  Francesco Magnanelli (Mehdi Bourabia)
59'  Mehdi Bourabia
74'  Filip Djuricic (Giacomo Raspadori)
74'  Manuel Locatelli (Pedro Obiang)
83'  Giacomo Raspadori
83'  Jeremie Boga
87'  Mert Muldur
12'  Domenico Criscito
23'  Andrea Masiello
57'  Andrea Masiello (Paolo Ghiglione)
57'  Milan Badelj (Nicolo Rovella)
57'  Lennart Czyborra (Marko Pjaca)
64'  Eldor Shomurodov
64'  Paolo Ghiglione
71'  Gianluca Scamacca (Edoardo Goldaniga)
82'  Miha Zajc (Mattia Destro)
85'  Edoardo Goldaniga


"Sassuolo" – "Jenoa" 2:1

"CHitta-del-Trikolore"

Gollar: 1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 SHomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.

"Sassuolo" – Konsili, Rojerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Djurichich (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).

"Jenoa" – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krishito, CHiborra (Pyaca, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanovich, Lerager, Zayc (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Krishito (12), Masello (23), Ayxan (39), Burabiya (59), Goldaniga (85), Myuldyur (86).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. GOOOL! "Jenoa" hisobni tenglashtirdi! YO'Q, ofsayd bo'lgan ekan. Hakam golni bekor qildi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Jenoa" futbolchisi hujumda raqib darvozaboniga nisbatan qo'pol o'ynadi, endi posbon istaganicha vaqt cho'zishi mumkin.

85. Jeremi Boga chap qanotdan raqibning uch futbolchisini qiynab qo'ydi. Natijada Goldaniga qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

83. GOL! "Sassuolo" yana hisobda oldinga o'tib oldi. Boganing qanotdan uzatmasidan so'ng Raspadori bosh bilan "Jenoa" darvozasini ishg'ol qildi. 2:1.

82. O'zgarish: Zayc o'rniga Mattia Destro o'yinga qo'shildi.

78. ZARBAAA! De Frel bir raqibini aldaganidan so'ng to'pni uzoq burchakka yo'lladi, ammo to'p ustunga tegib qaytdi.

73. Eldor raqib bilan kurashib, uzun pasdan so'ng to'pni o'ziga to'xtatishga urinib ko'rdi, ammo raqib halaqit qilgani tufayli buni uddalay olmadi.

71. "Jenoa"da o'zgarish: Skamakka o'rniga Goldaniga maydonga tushdi.

64. GOOOOOLLLLL! SHOMURODOOOOOVVV! Eldor qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga yo'lladi va hisobni tenglashtirdi! YASHAVOR ELDOR! GOLNI Telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin.

62. "Jenoa" uch hujum bilan o'ynay boshladi, ammo hozircha hujumlar tashkil etishda muammolar yuzaga kelmoqda.

57.  "Jenoa"da o'zgarishlar: Masello o'rniga Jilione, Siborra o'rniga Pyaca va Badel o'rniga Rovella maydonga tushdi. SHomurodov maydonni tark etgani yo'q.

52. GOL! Afsuski "Sassuolo" hisobni ochdi. 1:0. Jeremi Boga jamoadoshini uzun pasidan so'ng to'pni o'ziga to'g'irladi va Maselloni aldab, darvozani ishg'ol qildi.

50. SHomurodov to'pni qabul qildi va tezlik bilan oldinga o'tdi. U bir raqibini aldab o'tganidan so'ng ikkinchisidan qochib ketishga urindi, ammo "Sassuolo" himoyachisi Eldorni gavdasi bilan to'sib, to'pni olib qo'ydi.

48. Kaputo hujumda "Jenoa" himoyachisi Ivan Radovanovichning oyog'ini bosib oldi. Himoyachining hayqirig'i stadiondagi deyarli hammaga eshitildi. Hakam fol qayd etdi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'limga start berildi.


TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Domeniko Krishitoning qahramonligi tufayli "Jenoa" darvozasi ishg'ol qilinmadi. Krishito yaqin masofadan berilayotgan zarbaga so'nggi pallada oyog'ini qo'yib qoldi.

39. Ayxan SHomurodovni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

36. Eldor kutilmaganda raqibdan to'pni olib qo'ydi va o'z jamoasining tezkor qarshi hujumini boshladi. U qanotdan to'pni uzatganidan so'ng CHiborra bosh bilan "Sassuolo" darvozasiga zarba berdi, ammo noaniq.

35. O'zgarish: "Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardi jarohat tufayli bahsni erta yakunladi, uning o'rniga Defrel o'yinga qo'shildi.

34. ZARBAAAA! SHomurodov jamoadoshining havolatib uzatgan to'pini o'ziga to'g'irladi va chap oyog'i bilan raqib darvozasiga kuchli zarba berdi. Afsuski to'p tashqi tomondan darvoza to'riga tegdi.

30. ZARBAAAA! Myuldyur oyog'ining tashqi qismi bilan ajoyib aylanma zarba berdi, posbon esa yaqin burchakni bir amallab to'sishga ulgurdi.

24. Jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

23. Sariq kartochka. Masello to'pni to'xtatishga urinib, raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. "Jenoa" darvozasi tomon xavfli standart belgilandi.

18. XAVFLI VAZIYAT! Eldor qanotdan bo'lgan uzatmadan so'ng to'pni darvoza tomon tepdi, ammo zarba kuchsiz bo'lgani tufayli Skamakka to'pni egallab oldi va u ham raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

16. Kaputo hujumda to'pni o'ziga to'g'irlay olmay, "Jenoa" futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi va hakam mezbonlar hujumini xushtagi bilan yakunlab qo'ydi.

15. SHomurodov raqib jamoaning uzatmasini ilib ketdi va hujum boshlashga urindi, biroq oldinda jamoadoshlari kam bo'lgani tufayli to'pni orqaga qaytardi.

13. Hozircha hujum tashkil qilishda "Sassuolo" ancha faol, "Jenoa" esa to'pni o'zida ko'proq ushlab turishga urinyapti, ammo buning uddasidan chiqmayapti.

10. Balyardini "Bravo, Eldor" deya futbolchimizni qo'llab, uni ko'proq pressing uyushtirishga chaqirmoqda.

8. Lerager maydon markazida to'pni raqibga oldirib qo'ydi va "Sassuolo" tezkor qarshi hujum tashkil qildi, ammo mezbonlarning so'nggi uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

5. "Sassuolo" hujumchisi Kaputo qulay vaziyatdan "Jenoa" darvozasini ishg'ol qila olmadi. 

1. Uchrashuv boshlandi.


"Sassuolo" – "Jenoa"

6 yanvar, 19.00, «CHitta-del-Trikolore»

"Sassuolo"
– Konsili, Rojerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Djurichich, Manyanelli, Berardi, Lokatelli, Boga, Kaputo.

"Jenoa" –
Perin, Masello, Radovanovich, Krishito, Zappakosta, Lerager, Badel, Zayc, CHiborra, Eldor SHomurodov, Skamakka.

Reyting: +156   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика