So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Sarvar SHoahmedov: "Muhimi, jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi" Yangiliklar

Sarvar SHoahmedov: "Muhimi, jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi"

Futzal bo'yicha Oliy liganing yangi mavsumi boshlandi. Toshkentning "Lokomotiv" futzal jamoasi ilk o'yinida g'alaba qozondi.

"Neftchi"ga qarshi kechgan bellashuvda "temiryo'lchilar" 7:4 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" klubi tajribali futzalchisi Sarvar SHoahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Futzal bo'yicha yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. Tarkibimiz ancha yangilandi. Terma jamoa futbolchilari tark etganidan keyin ko'proq yoshlarga imkoniyat taqdim etilmoqda. Jamoamiz mavsum davomida yaxshi natijalar ko'rsatishga etibor qaratadi. Deylik, mana shu o'rinni olamiz? degan vazifa yo'q.

"Neftchi" qanday jamoa ekanini bilardik. O'tgan yilda ham ularga o'ynaganmiz. Jamoa yomon emasdi. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Biz ularga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rganimiz, o'yin davomida sezildi. Natijada, g'alaba qozondik.

Mavsum davomida nechta gol urishimni ochig'i bilmayman. Men uchun asosiysi jamoa g'alaba qozonishda davom etsa, katta yutuq hisoblanadi.

"Maksam-CHirchiq" bilan bahsda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Jamoa ancha yosh, ko'p harakat qiladi. Qolaversa, tarkibida bir nechta tajribali futbolchilari bor. Qiyin o'yin bo'ladi", – dedi SHoahmedov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика