So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

Sarvar Karimov: "U-17 Jahon chempionatida terma jamoadagi barcha futbolchida o'zini ko'rsatish imkoni bor" Yangiliklar

Sarvar Karimov: "U-17 Jahon chempionatida terma jamoadagi barcha futbolchida o'zini ko'rsatish imkoni bor"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi 10 noyabr kuni Indoneziyada Jahon chempionatidagi yurishini boshlaydi.

Bu yo'ldagi ilk raqib - Mali terma jamoasi. Mazkur musobaqa oldidan 2013 yil o'smirlar terma jamoasi safida BAAdagi Jahon chempionatida qatnashgan Sarvar Karimov fikrlarini bildirdi. 

Mali U17

Mamadou Doumbia - 30', Mamadou Doumbia - 72', Mamadou Doumbia - 75'

World Cup U17 Grp. B . 1-tur

10/11/2023, 14:00

0
:
3
Tugadi

Uzbekistan U17

Stadion: 3014 tomoshabin

45'
90'
30'  Mamadou Doumbia
72'  Mamadou Doumbia
75'  Mamadou Doumbia

- Avvalambor o'smirlarimizni Jahon chempionatiga qadar etib kelgani bilan tabriklayman. Bu natijalarning ortida katta mehnat borligi ko'rinib turibdi. Musobaqada barchamiz ulardan yaxshi natijalar kutib qolamiz va har bir o'yinda chin yurakdan muxlislik qilamiz. Guruh bosqichiga keladigan bo'lsak, o'smirlarimizning nimalarga qodirligini Osiyo chempionatida ko'rdik. Jamoamizda aniq o'yin uslubi va yuqori texnikali futbolchilar bor. Bu yoshda bitta futbolchini boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi. Asosiysi har bir o'yinga to'g'ri tayyorgarlik ko'rish kerak. Guruhdan chiqishimizga ishonaman. 

- Yuqorida aytganimdek, qaysidir futbolchini alohida ajratib ko'rsatmayman. CHunki musobaqa oldidan fikrini chalg'itib qo'yishni istamasdim. Murabbiylar eng munosib 21 nafar futbolchilarni jalb qilgan. Ularning barchasida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bor. Bu Jahon chempionatida futbolchilarni butun dunyo kuzatadi. O'smirlarimizga omad tilayman.

- 2013 yilgi Jahon chempionatida bir-biridan esda qolarli xotiralar qolgan. O'shanda guruhda uchinchi turgacha gol o'tkazmaganmiz. Jamoamiz yaxshi shakllangandi. Mundial katta futbolga qadam qo'yishimizda poydevor bo'lgan. 

- Xorvatiya nom jihatdan ustundek ko'rinishi mumkin. Lekin yakunda biz g'alaba qozongandik. Afsuski, Jahon chempionatida nimchorak finaldan ortga qaytishga majbur bo'lganmiz. Menimcha, Gonduras bilan birinchi bo'limda olgan qizil kartochkamiz bizga pand bergan va o'yin oxirlariga kelib gol o'tkazib yuborganmiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика