Sarri yozda sobiq uch shogirdini "Lacio"ga olib kelmoqchi
13 apr 2022 23:53
Yangiliklar


Sarri yozda sobiq uch shogirdini "Lacio"ga olib kelmoqchi
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri o'z jamoasiga uch nafar futbolchini taklif qilishni maqsad qilgan.
Italiyalik mutaxassis tarkibda "Napoli" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadigan hujumchi Dris Mertens, shuningdek, "Everton" yarim himoyachisi Allan va qanot himoyachisi Emerson Palmerini ko'rishni istaydi.
Qayd etish joizki, har uchala futbolchi ham Sarri bilan o'tmishda birga ishlagan: 34 yoshli Mertens va 31 yoshli Allan "Napoli"da ushbu murabbiy qo'l ostida to'p tepgan, 27 yoshli Emersonning esa Sarri bilan "CHelsi"da yo'llari kesishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar