So’nggi yangiliklar

19:45"Ливерпуль" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  2 19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  0 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  8

Sarri va Ronaldudan birini tanlashga to'g'ri keldi. Pirlo qanday murabbiy bo'ladi? Yangiliklar

Sarri va Ronaldudan birini tanlashga to'g'ri keldi. Pirlo qanday murabbiy bo'ladi?

"Yuventus" uchun ideal variant izlashda davom etamiz.

Sarri haydaldi. "Yuventus"ni Pirlo qo'lga oldi. Yana bir bor bularning barchasida faqatgina Mauricio aybdor emasligini takrorlashdan foyda yo'q. Aslida u asosiy aybdor ham emas. Sarri Turin uchun endi tarix. Lekin ushbu qaror oqibatlari qanday bo'ladi?

Sarri vazifalari qatoriga nafaqat jamoa o'yinini tashkil etish va mavsumdagi natijalar kirardi, uni bundanda ko'prog'i uchun taklif qilishgandi — shu sababli, istefo ham shunchaki murabbiy ishidan qanoat hosil qilmaslikdan kattaroq mavzu. Nazarimda, "Yuve" rahbariyati ECHLdagi mag'lubiyat sabab shoshilinch qaror qabul qilmadi. Mauricio nima demasin, Anelli uchun u hech qachon sevimli murabbiy bo'lmagan. Bu vaziyatda uning oldida yoki/yoki varianti turgandi — va Anelli balki, noto'g'ri va uzoqni ko'zlamay qaror chiqargandir, lekin aniq rejaga muvofiq ish ko'rmadi, ammo juda mantiqiy qaror qabul qildi. Bu borada Sarrining haydalishi o'ziga xos voqea bo'ldi.

Sarrining haydalishi shoshilinch qaror emas. Murabbiy yoki Ronaldudan birini tanlashga to'g'ri keldi

Bir yil avval Sarrining tayinlanishini "Yuve"ni qayta dasturlash uchun tashlangan qadamdek qabul qilingandi. Murabbiy birinchi matbuot-anjumanida "g'alaba — ahamiyatga ega yagona narsa" shiori endi dolzarb emasligini aytgandi. Uning fikrlarini klub rahbarlari xotirjam qo'llab-quvvatlashdi. Bu haqiqiy inqilob edi. O'tgan asrdan buyon bunday uslubda o'ynamagan klub, ultra-hujumkor futbol o'ynashga o'tdi.

Hozir tushunarli, bu ish bermadi, lekin murabbiyni istefoga chiqarish qanchalik to'g'ri bo'ldi? Sarrini chaqirilgani va uning oldiga qo'yilgan vazifalarni bir yilda amalga oshirib bo'lmaydi. Klopp "Liverpul"da 8-o'rindan boshlagandi. Gasperini "Atalanta"sining poydevorini yo'qotganida 7-pog'onaga tushib ketgandi. Pep kerakli transferlar va katta mablag' bo'lsa-da, "Man Siti" bilan darhol sovrin yutolmadi. Tizimli murabbiylar kamdan-kam vaziyatda birinchi mavsumdayoq natija beradilar. Agar klub ichida dushmanlik ruhiyati hamroh bo'lsa, unda natijadan umid qilmasangiz ham bo'ladi.

Sarri o'zi uchun uncha mos bo'lmagan va ancha yoshi o'tgan tarkib bilan kurashdi, ikki nafar bir tizimda ishlamaydigan yirik figura, biri asosiy tarkibda bo'lishi zarur, ikkinchisi bo'lishini talab qilinadi, klub bosslari bilan bosim, kiyinish xonasidagi vaziyat, talabchan tifozilar, korona-inqirozi, pnevmoniya, 4-3-bir yarim taktikasida pressing uyushtirib, 4-3-3 yoki 4-4-2 emas 4-4-0da himoyalanishiga to'g'ri keldi. SHunday bo'lsa-da, juda og'ir mavsumda chempionlikni qo'lga kiritdi. Anelli ishtahasi ochilgan va bundan ko'prog'ini istamoqda, o'sha ko'prog'ini esa Sarri bera olmadi. Biroq murabbiyni nima uchun olib kelingani bizning yodimizda-ku. Uni revolyuciya uchun chaqirishdi, bu ish esa bir yildan ko'prog'ini (qo'shimchasiga, bunaqa yildan ko'prog'i) talab qiladi. Mauricio doim keyingi mavsumda avvalgisidan yaxshiroq o'ynardi va agar unga ishonib, vaqt hamda normal sharoit yaratilganda "Yuve"ga ko'p narsa berishi mumkin edi.

Muammo ham aslida shunda. U uchun zarur sharoit bo'lmasdi. Sarri nafaqat poydevor qurishi, balki avvalgisining asoratlarini yo'qotishi ham kerak edi. Lekin shu ishni qilish uchun unga ruxsat berishmadi. Mavsum Ronaldu va Sarrini qarama-qarshi qo'ydi. Pressingda va himoyada Krishning foydasi tegmaydi, to'pni bazan o'zida ko'p ushlab qoladi va muvozanatni o'zi tomonga tortib yuboradi. Avvallari bu ish berardi, bazan Sarrida ham ishladi, lekin Ronaldu to'p darvoza to'riga borib tushmagan vaziyatlarda ortiqcha bo'lib qolaverdi.

Ron bo'lmasa Sarri 100% natija berishiga kafolat yo'q, lekin Sarrisiz – Krishtianu ham 100% natija berishi aniq emas. Bir narsa aniqki, birga ularning hech biri 100% foyda keltira olmasdi. Bu haqida Sarrining o'zi ham aytdi: "Men hech qachon futbolchilarga bunchalik erkinlik bermaganman, lekin bu erda hujumdagi vaziyatga joylashishga majbur bo'lyapman. "Yuve" hech qachon mening avvalgi jamoalarimdek bo'lmaydi".

Mana nega Sarriga chiqish eshigi ko'rsatildi. Uning "Napoli"si "Yuve"dagidek imkoniyatlar va klass bo'lganida dunyo futboli dominatori bo'lishi hech gap emasdi. Lekin "Yuventus"ning o'zida Mauricio ojiz qoldi. Mavsum oxiriga kelib, qo'l ostidagi futbolchilar bilan u barqaror tizim yarata olmasligi yaqqol ayon bo'ldi. Kuni kecha Anelli Ronaldu qolishini aytdi. U qolar ekan Sarri bilan hamkorlikni davom ettirishdan mano bo'lmasdi, muhimi istiqboli yo'q loyiha bo'lardi.   

Aytib o'tganimizdek, Anelli mag'lubiyatdan jahli chiqib, shoshilinch qaror qabul qilmadi. U tanlashga majbur. Agar Sarri qolganda, bu murabbiy bilan natijaga erishish uchun nafaqat Ronalduni sotish — balki yana bir mavsum kutishga to'g'ri kelardi. Anelli tezroq natijani tanladi — va bu haqida "Lion" bilan o'yindan keyinoq bergan intervyusida ham aytdi: "Avval biz orzu bilan yashardik, endi — maqsad bilan".

"Yuventus"ga taktik murabbiy kerakmi yoki o'zgaruvchan tizimli-mi? Andrea Pirlo qaysi toifaga kiradi o'zi?

"Yuventus" deyarli barcha azosining yoshi o'tgan tarkib va 35 yoshli futbolchini tanladi, ularning kelajagi degan narsaning o'zi amalda yo'q — demak bir-ikki mavsumda ECHLda g'olib chiqishni niyat qilgan. Anelli yangi murabbiy va Ronaldu bilan Sarri hamda yangi tarkib bilan bo'lganidan ko'ra, imokniyat ko'proqligiga ishonmoqda. Gap shundaki, bunday vaziyatlar uchun har qanday murabbiy ham to'g'ri kelavermaydi. 

Ideal variant — taktik-murabbiy. Bir yil avval "Yuventus" Sarrini chaqirayotib yo'l qo'ygan xatosidan to'g'ri xulosa chiqarishi zarur: bir-biriga mos kelmaydigan bir nechta futbolchi bilan barqaror tizimli jamoa yaratib bo'lmaydi. "Yuve"da barchasini shunday yo'lga qo'yish kerakki, Ron va Dibala (Sarri qo'l ostida u o'zaro mos kelgani sabab zo'r o'ynadi). Lekin yana ikkita muhim omil mavjud:

1. Ronaldu — 35 yosh. Bu vaziyatda tizimli murabbiyni chaqirish xavfli. Bir-ikki yildan keyin jamoani yana qaytadan qurish kerak bo'ladi. "Real"ga buning uchun bir mavsum vaqt kerak bo'ldi.

2. "Yuventus"ni murakkab va o'ziga xos tarkibi bor. Bu tarkib bilan ko'p harakatga moslashgan taktik o'yin ko'rsatish mumkin, ammo shu o'rinda o'yinchilarning yoshi o'tgan va hamma narsaga ham imkoniyatlari etmay qolishi mumkin. "Menyu" o'ta chiroyli o'yin ko'rsatish imkonini bermaydi.

SHu sababli, taktik murabbiy zarur. Moslashuvchan murabbiylar odatda qisqa vaqtli vazifalarni yaxshi uddalashadi (asosiy maqsad – ECHL ekanligini unutmaymiz) va tarkibdagi o'zgarishlarga ham moslasha oladilar. Taktiklar o'yinni tarkibdan kelib chiqib qursalar, strateglar fikrga qarab bu ishni amalga oshiradilar – u o'z qarashlarini qisman o'zgartirishga va jamoaga moslashishga rozi bo'lsagina, tizimli murabbiyni taklif qilsa bo'ladi. Aks holda, Sarrini haydash xato bo'lgan bo'ladi.

Gap shundaki, odatda yaxshi taktiklar band bo'ladilar (biroq ular ham maqsadga eta olmasliklari mumkin. Allegri Ronaldu uchun Dibaladan voz kechgandi, lekin baribir muvozanat topilmadi), tizimli murabbiylar esa deyarli hech qachon birdaniga natija bermaydilar. SHu sabab, Pirloning tayinlanishi mantiqan to'g'ri qadam. Biz uni taktik yoki strategligini aniq bilmaymiz, biz u qanchalik kuchli murabbiyligini ham bilmaymiz (ishonamizki, u juda yaxshi murabbiy). Hozir biz bir yil yoki bir oydan keyin nima bo'lishini ayta olmaymiz, lekin natija qanday bo'lgan taqdirda ham bugungi holatda shunday qaror talab qilinayotgandi.

Hamma gap shundaki, Pirlo – yangi murabbiylardan. U taktik bo'lishi mumkin, sababi butun faoliyati davomida taktiklar bilan ishlagan va agar chindan shunday bo'lsa, u jamoaga ideal tarzda moslasha oladi: Andrea ko'proq aqlli o'yini sababiga afsonaga aylana oldi, u o'yinni doim juda chuqur anglar va o'ng oyog'ida daxshatli narsalar qilib tashlardi. SHu bilan birga u strateg bo'lishi ham mumkin, amalda shunday bo'lsa ham kerak. Kapelloning gap-so'zlari va Pirloning xarakteridan kelib chiqsak (va Gvardiola ishidan hayratlanishni inobatga olsak), lekin shunday bo'lsa-da, "Yuve" yutqazmaydi: faoliyatini endi boshlagan tizimli murabbiylar odatda moslashuvchan bo'ladilar. Sababi ular o'z qarorlari qanchalik to'g'riligiga shubha qiladilar va birinchi tajribadan kelib chiqib tuzatishlar kiritishadi. Yani "Yuve" shunday variant tanladiki, murabbiy har qanday holatda ham jamoaga moslashadi, undan kelib chiqib qaroriga o'zgartirish kiritadi – agar tizimli murabbiylar sirasidan bo'lsa va top-klubda ham ishlab ketishga salohiyati etarliligini isbotlasa, bir-ikki yildan keyin jamoani unga moslashtirsa bo'ladi. 

Stilistik jihatdan Pirlo ideal variant, natija borasida esa boshqa istalgan murabbiy bilan ham tavakkal bundan kam bo'lmaydi: bunday tarkib bilan (unda bir biri bilan tushmaydigan uslubdagi futbolchilar etarlicha) hech bir murabbiy natijaga kafolat bermaydi. Buni Allegri va Sarri amalda isbotlab ulgurdi. Andrea hech bo'lmasa, debyutant sifatida ortiqcha bosimdan holi bo'ladi, tifozi simpatiyasi va klub bosslari oldida yaxshigina avtoritetga ega: Anelli uni deyarli Peres Zidanni yaxshi ko'rganichalik xush ko'radi.

Zerikib qolmasligimiz aniq. CHunki bu Pirlo, chunki bu "Yuve"! Sababi Andreaning tayinlovdan keyingi ilk so'zlari: "Mening jamoam chiroyli o'ynashi kerak – lekin faqat g'alaba uchun harakat qilishi shart".

"Yuve" aynan shu narsa haqida orzu qiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика