Sarri Ronalduni tanqid qildi
16 iyu 2020 19:56
Yangiliklar


Sarri Ronalduni tanqid qildi
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Italiya Kubogi doirasida "Milan"ga qarshi o'yindan keyin Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
"Ronaldu dastlabki 30 daqiqalikda yaxshi o'ynadi, keyin esa yo'qolib qoldi. Buning sababi sifatida uning jismoniy holatini keltirishim mumkin. Krishtianu aslida istalgan nuqtada, hattoki himoyada ham foydali hisoblanadi. Statistika esa biroz yomon bo'ldi. Ammo uning iqtidoriga ishonaman", - dedi Sarri.
Ushbu uchrashuvda Ronaldu penalti ura olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar