Sarri: "Ronaldu o'zining eng yaxshi jismoniy holatiga qaytmoqda"
08 dek 2019 14:29
Yangiliklar


Sarri: "Ronaldu o'zining eng yaxshi jismoniy holatiga qaytmoqda"
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri A Seriya doirasida "Lacio"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Qayd etish kerak, "Yuventus" Sarri boshchiligida mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ammo afsuski, taym ohirida, hujum qilish qiyin bo'lib turgan paytda gol o'tkazib yubordik.
Kuadrado qizil olgan paytda raqib gol urishi uchun qulay imkoniyat bor degan fikrga qo'shilmayman. Sariq kartochka o'sha vaziyat uchun adolatli qaror edi. Menimcha o'sha erda bosh hakam xato qildi.
Ammo bu holatga katta etibor qarata olmaymiz. CHunki bu bizning qo'limizda emas.
Yakshanba kuni Bentankur tibbiy tekshiruvlardan o'tadi. U jamoa uchun juda ham kerak.
Ronaldu mashg'ulotlarni yuqori suratda davom ettirmoqda. U o'zining eng yuqori jismoniy holatiga tushib oldi", - dedi Sarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar