Sarri Ronaldu bu mavsum qancha gol urishi mumkinligini aytdi

9 sen 2019, 21:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri forvard Krishtianu Ronaldu uning jamoasida qanday rolni bajarishini aniqlab oldi.

60 yoshli mutaxassis Ronaldu chap qanot vingeri sifatida o'ynab, markazda hujumni yakunlovchi futbolchi bo'lishini istamoqda.

Sarri portugaliyalik futbol yulduzi joriy mavsum 40 dan ortiq gol urishiga ishonmoqda.

Ronaldu oxirgi 10 yillikda faqat ikki mavsum 40 tadan kam gol urgan: "Real" (33) va "Yuventus" (28) dagi debyut mavsumi.

O'xshash yangiliklar


Manba: tuttosport.com