Sarri Milinkovich-Savichga "CHelsi"dan o'rinbosar topdi
30 apr 2022 22:09
Yangiliklar


Sarri Milinkovich-Savichga "CHelsi"dan o'rinbosar topdi
"Lacio" "CHelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-CHikka qiziqish bildirmoqda.
Ushbu transferni rimliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarri talab qilmoqda. U London klubida ishlagan vaqtidan 26 yoshli yarim himoyachi qanday to'p tepishini yaxshi biladi. Italiyalik mutaxassis angliyalik futbolchini Sergey Milinkovich-Savichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Loftus-CHik joriy mavsumda "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 20 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar