Sarri istefoga chiqarilsa, "CHelsi" boshqaruviga klub afsonasi kelishi mumkin
26 apr 2019 22:45
Yangiliklar


Sarri istefoga chiqarilsa, "CHelsi" boshqaruviga klub afsonasi kelishi mumkin
CHelsi rahbariyati mavsum yakunlanganidan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarrini istefoga chiqarishni rejalashtirmoqda.
«Aristokratlar» boshqaruviga asosiy nomzod sifatida klub afsonasi Frenk Lempard ko'rilmoqda. Lempard “Derbi Kaunti« bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning jamoasi chempionshipning 44 turidan so'ng, 67 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. 40 yoshli sobiq yarimhimoyachi 2001-2014-yillar oralig'ida londonliklar safida to'p tepgan.
Eslatib o'tamiz, »CHelsi« hozirda APL turnir jadvalida 35 turdan keyin 67 ochko to'plagan holda 4-o'rindan joy olgan. Jamoa Evropa ligasining yarim finalida »Ayntraxt" bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar