Sarri: “G'alabamizdan xursandman, Gvardiola va uning jamoasini engish oson emas”
09 dek 2018 09:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466347_original.jpg)
![](/upload/storage/466347_220.jpg)
Sarri: “G'alabamizdan xursandman, Gvardiola va uning jamoasini engish oson emas”
“G'alabadan xursandman. CHunki “Siti” yoki Gvardiolani yutish oson ish emas. Jamoamning uchrashuvga bo'lgan ishtiyoqi menga maqul keldi. “CHelsi”da doim ham bunday ishtiyoqni ko'rib bo'lmaydi. Ammo jamoa g'olib chiqishni istasa, biz juda kuchli jamoaga aylanamiz.
Dastlabki 30 daqiqada bizda muammolar kuzatildi. CHunki Azar ilk marta markaziy hujumchi sifatida harakat qildi, himoyada ham ideal o'yin ko'rsata olmadi. Ikkinchi bo'limni ajoyib tarzda boshladik va yakunda g'olib chiqdik. Himoyada o'ynash qiyin, agar u istaganingdek harakat qilmasa. Bugun himoyamiz yaxlit bir mexanizm sifatida ishladi, markaziy himoyachilarimiz boshqalarga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etishdi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar